O‘zbekiston Kubogi. “Nasaf” finalda “Paxtakor”ni mag‘lub etdi va bosh sovrin sohibi bo‘ldi

Samarqand  shahridagi “Dinamo” stadionida O‘zbekiston kubogining final o‘yini nihoyasiga yetdi. Hal qiluvchi uchrashuvga uchinchi marta mezbonlik qilgan stadionda bu gal “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.  Toshkentu Qarshidan tashrif buyurgan va ularga sherik bo‘lgan  mezbon muxlislar bugun chinakam futbol bayramiga guvoh bo‘lishdi. O‘yindan ikki kun oldin boshlangan tashkiliy masalalar, Kubokning shahar bo‘ylab “sayoxat” qilishi, Registon maydonida yoshu-qari, ayolu-erkak futbol shaydolari va yurtimiz mehmonlarining Kubok bilan esdalik suratiga tushishlari, go‘zal va latofatli Rayxonning dil qo‘shiqlari, sovg‘asiga qimmatbaho mukofotlar ta’sis etilgan turli ko‘ngilochar konkurs va tanlovlar... bularning bari Kubok o‘yiniga o‘zgacha tarovat bag‘ishladi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zPFL O‘zbekiston kubogi finalini tom ma’noda yuqori saviyada tashkil etib bera oldi. O‘yinga kelsak mag‘lubiyatga uchrayotgan, bu ham etmagandek, birinchi bo‘limning yarmidanoq maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qilishiga qaramay “Nasaf” bugun chinakam qahramonlik ko‘rsatdi. O‘yindagi birinchi hisob Odilbek Hamrobekov tomonidan ochildi. Besh-olti daqiqa o‘tar-o‘tmay qarshilik Oybek Bozorov maydondan chetlatildi. Kamchilikda o‘ynay boshlagan “ajdarlar” ko‘p o‘tmay Bahrom Abdurahmonovning goli evaziga hisobni tenglashtrishdi. Ikkinchi bo‘limda G‘olib G‘aybullaev tomonidan kiritilgan gol esa uchrashuv taqdirini hal etdi.

Shu tariqa aynan shu stadionda va aynan shu jamoalar tomonidan ochib berilgan mavsum (mart oyida Superkubok o‘yinida) yana aynan shu jamoalar to‘qnashuvi bilan nihoyasiga yetdi. Kelasi mavsum ham yana aynan shu jamoalarning maydondagi raqobati bilan start olishi aniq. Gap o‘yin qaysi shahar va stadionda bo‘lishida. Kim biladi, yana  aynan “Dinamo” mezbonlik qilar. Aytishadiku, “qur’aning ko‘zi ko‘r bo‘ladi” deb.

 

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi.

Final. 4 dekabr, shanba

 

PAXTAKOR – NASAF - 1:2 (1:1)

Samarqand. “Dinamo” stadioni. 11127 tomoshabin.

Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Timur Gaynullin, Andrey Tsapenko, Rustam Lutfullin

Nazoratchi: Vladislav Tseytlin

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

VAR assistenti: Jahongir Saidov

VAR operatori: Sherali Jonaliyev

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Aleksandr Davidenko.

Gollar: Odil Hamrobekov, 28 (1:0), Bahrom Abdurahimov, 38 (1:1), G‘olib G‘aybullayev, 75 (1:2)

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Odiljon Hamrobekov, Sherzod Temirov (Diyor Xolmatov, 90), Dostonbek Hamdamov (Azizbek Turg‘unboyev, 80), Hojimat Erkinov, Sardor Sobirxo‘jayev (Abrorbek Ismoilov, 80), Farruh Sayfiyev, Abbosbek Fayzullayev (Boyan Matich, 68), Shahzod Azmiddinov (Marlen Chobanov, 46).

"Nasaf": Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Saitov, Bahrom Abdurahimov (Shahzod Akramov, 61), Husain Norchayev (Shomalik Komilov, 80), Suhrob Nurulloyev (Alibek Davronov, 80), Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullayev, Abubakr-Rizo Turdialiyev ( Murodbek Rahmatov, 61), Oybek Bozorov, Umarbek Eshmurodov

Ogohlantirish: Shahzod Azmiddinov, 24, Odiljon Hamrobekov, 45+1,  Marlen Chobanov, 82– Shaxzod Akramov, 62

Chetlatish: Yo‘q - Oybek Bozorov, 34.

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb