O‘zbekiston Coca-Cola kubogi. “Paxtakor” “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi va ikkinchi finalchi bo‘ldi

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi yarim finalining ikkinchi juftlik o‘yini ham nihoyasiga yetdi. AGMK – “Nasaf” o‘yini kabi bu uchrashuv ham 120 daqiqadan ortiq davom etdi. Faqat oldingisidan farqi bu gal g‘olib jamoa penaltilar bahsida aniqlandi. O‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qilgan “Paxtakor” uchrashuvning asosiy vaqtini 1:1 hisobidagi durang bilan tugatdi. E’tiborli jihati, jamoaning tajribali legioneri Dragan Cheran birinchi bo‘lim yarmidayoq jamoadoshlarini xavotirga solib maydonni qizil kartochka tufayli tark etgandi. Bir kishi kam bo‘ligshiga qaramay “sherlar” “qaldirg‘ochlar”ga bas kela olishdi. Uchrashuvning qo‘shimcha vaqti so‘nggi soniyalarida maydon egalaridan yana bir o‘yinchi  Sherzod A’zamovning ham chetlatilishi jamoaga deyarli ta’sir ko‘rsatmadi, negaki o‘yin deyarli tugab bo‘lgandi. Bu yog‘i “lotoreya” – kim gol ura olsa yutadi, urolmasa  qaytadi. To‘p tepishni “Bunyodkor” a’zolari boshlab berishdi. Shaxboz Erkinovning dastlabki zarbasini mahoratli darvozabon Sanjar Quvvatov qaytara oldi. Qolgan barcha tepilgan to‘plar golga aylandi. Va aynan birinchi xato tufayli “Bunyodkor” Kubokdagi yurishini yarim finalda to‘xtatdi. Endi “Paxtakor” hal qiluvchi finalda “Nasaf”ga qarshi maydonga tushadi.

 

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi.

Yarim final. 24 noyabr, chorshanba

 

PAXTAKOR – BUNYODKOR - 1:1 (1:1). Penaltilar bo‘yicha - 5:4.

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 3990 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullayev, Aleksandr Sidorov, Otabek Qosimov, Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

VAR assistent: Andrey Tsapenko

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Xurshid G‘iyosov, 29 (0:1), Hojimat Erkinov, 41 (1:1)

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov (Shahzod Azmiddinov, 85), Anzur Ismoilov, Odiljon Hamrobekov (Humoyunmirzo Iminov, 111), Sherzod Temirov (Boyan Matich, 85), Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov (Diyor Xolmatov, 82),  Hojimat Erkinov (Azizbek Turg‘unboyev, 82.), Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jayev (Abrorbek Ismoilov, 74), Farrux Sayfiyev

"Bunyodkor": Sarvar Karimov, Avazbek O‘lmasaliyev, Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘rayev (Muzaffar Olimjonov, 91), Mirjahon Mirahmadov (Shahboz Erkinov, 83), Odiljon Abdurahmonov (Ibrohim Tomiva, 56), Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullayev (Farhod Mirahmatov, 44), Abdulla Abdullayev, Suhrob Izzatov, Muhammadodil Qahramonov (Davronjon Ergashev, 56)

Ogohlantirishlar: Odiljon Hamrobekov, 22, Abrorbek Ismoilov, 77, Anzur Ismoilov, 90+1, Shahzod Azmiddinov, 92 - Davronjon Ergashev, 68, Ibrohim Tomiva, 84

Chetlatishlar: Dragan Cheran, 21, Sherzod A’zamov, 120+2 - yo‘q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb