
O‘zbekiston Coca-Cola kubogning dastlabki juftlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Olmaliq shahrida AGMK va “Nasaf” jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning asosiy vaqtida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Qo‘shimcha bo‘limlarning 94-daqiqasida mehmonlar vakili Alibek Davronov hisobni ochgan bo‘lsa, 120-daqiqadan keyingi bosh hakam qo‘shib bergan to‘rt daqiqalikda Andriya Kaluderovvich penaltidan hisobni oshirdi. Aslida penalti bo‘lishidan sanoqli soniyalar oldin maydon egalari qarshiliklar darvozasini nishonga ola bilishgandi. Biroq bu gol inobatga olinmadi. Boisi biroz oldingi vaziyatda mezbonlar darvozaboni Valijon Rahimov Jo‘rabek Mannonovga nisbatan qo‘pol o‘ynagani VAR hakamlari tomonidan ma’lum qilindi. Bosh hakam ning VARga murojaatidan keyin gol bekor qilindi va aksincha, maydon egalari darvozasiga penalti belgiladi. Shu tariqa “Nasaf” qiyin o‘tgan o‘yinda g‘alaba qozonib, finalning dastlabki ishtirokchisiga aylandi.
O‘zbekiston Coca-Cola kubogi.
Yarim final. 24 noyabr, chorshanba
AGMK – NASAF - 0:2 (asosiy vaqt – 0:0, qo‘shimcha vaqt – 0:2)
Olmaliq. “OKMK” stadioni. 4003 tomoshabin.
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Rustam Lutfullin
Nazoratchi: Baxtiyor Namazov
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
VAR assistent: Timur Gaynullin
VAR nazoratchisi: Vladislav Tseytlin
Komissar: Bekzod Aripov.
Gollar: Alibek Davronov, 94 (0:1), Andriya Kaluderovich, 120+4-pen. (0:2)
Amalga oshirilmagan penalti: Xusayn Norchaev, 39 (“Nasaf”)
AGMK: Valijon Rahimov, Akromjon Komilov (Murodjon Toshmatov, 83), Mirjamol Qosimov (Zafar Polvonov, 83), Sardor Rahmonov, .Boburbek Yo‘ldoshev, Husniddin G‘ofurov (Nodirbek Abdurazzoqov, 91), Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan (Martin Boake, 64), Mirg‘iyos Sulaymonov (Dilshod Ahmadaliev, 64), Yovan Jokich (Sanjar Shoahmedov, 75), Shohruh Gadoev
«Nasaf» Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullaev, Dilshod Saitov (Jo‘rabek Mannonov, 106), Bahrom Abdurahimov (Abubakr-Rizo Turdialiev, 76), Husain Norchaev (Andriya Kaluderovich, 90), Suhrob Nurulloev (Alibek Davronov, 86), Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov (Shohmalik Komilov, 90), Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov
Ogohlantirish: Yovan Jokich, 12, Mirg‘iyos Sulaymonov, 22, Akromjon Komilov, 37, Shohruh Gadoev, 102, Valijon Rahimov, 118 - Bahrom Abdurahimov, 32,G‘olib G‘aybullaev, 45+2, Umidjon Ergashev, 101
Chetlatish: Marko Stanoevich, 61.