
Ayollar futboli bo‘yicha mavsumning so‘nggi rasmiy uchrashuvi – O‘zbekiston kubogi finali nihoyasiga yetdi. “Bunyodkor” stadionida kechgan o‘yinda maydon egalari “So‘g‘diyona” jamoasiga jamoaning ganalik hujumchisi Fuseina Mumuni tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa “So‘g‘diyona” ilk bor Kubok sohibi bo‘lish bilan birga oltin medalni ham o‘ziniki qilgan holda joriy mavsumning qo‘sh muvaffaqiyatiga erishdi. Uchrashuv so‘nggida g‘olib jamoa O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda O‘zPFL bosh direktori o‘rinbosari Lazizbek Qo‘chqorov tomonidan bosh sovrin – Kubok bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston kubogi. Final
23 noyabr, seshanba
BUNYODKOR-W – SO‘G‘DIYONA-W – 0:1 (0:1)
Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 772 tomoshabin.
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Sardor Nishonboyev, Avaz Abdullayev, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Shohruh Said
Gol: Fuseina Mumuni (4)
“Bunyodkor”: Zarina Saidova, Kamola Risqiyeva, Ayshan Bo‘ronbekov (Nozima Ergasheva, 62), Luiza Sadirova, Dildora Nozimova, Saida Galimova, Umida Zoirova, Dilrabo Asadova, Yulduz Nabiyeva, Aziza Norboyeva, Ilvina Ablyakimova (Gulchehra Eshmamatova, 83)
“So‘g‘diyona”: Nozima Hasanova, O‘g‘iloy Qo‘chqorova, Nafisa Nabiqulova, Iroda Turdaliyeva), Rosacharne Periale (E’zoza Sharipova, 69), Maxliyo Sariqova (Zarina Mamatkarimova, 59), Fuseina Mumuni, Yulduz Shodiyeva, Tanzilya Zarbiyeva, Diyora Xabibullayeva, Alberta Ahialey (Xolida Dadaboyeva, 90+4)
Ogohlantirishlar: Saida Galimova (27), Kamola Risqiyeva (47) – Alberta Ahialey (15), Diyora Xabibullayeva (75), Iroda Turdaliyeva (90+3)
Chetlatish: Dildora Nozimova (39, “Bunyodkor”).