Coca-Cola Superliga. “Andijon” va “Turon” Superligani tark etdi

Coca-Cola Superliganing 25-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Mazkur turda garchi chempionatning kumush va bronza medallari egalari nomi ma’lum bo‘lmasa-da, ligani to‘g‘ridan-to‘g‘ri tark etuvchilar kimlar ekanligi oydinlashdi. Safarda “Metallurg”ga qarshi to‘p surib,  yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchragan “Turon” hammadan kam ochko to‘plagan holda ligadan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. O‘z maydonida “Navbahor”ni qabul qilgan va legionerlar gollari evaziga engilgan andijonliklar ham bir tur qolganda “Turon” taqdiriga “sherik” bo‘ldi. “Andijon” so‘nggi turda yaypanliklar ustidan ustunlikka uchrasa va uning asosiy raqobatchilari “Surxon” hamda “Metallurg” jamoalari imkoniyatni boy bersalarda ulardan “xatlab” o‘ta olmasligi turgan gap. Negaki, har ikkala jamoaga qarshi o‘zaro o‘yinlarda “Andijon”ning imkoniyati yaxshi emas. “Metallurg”ning “Turon”ni mag‘lub etishi yaypanliklarni Pro ligaga ravona bo‘lishini “ta’minladi”, lekin o‘zining ligada “jon saqlab” qolishiga yuz foiz kafolat bermadi. So‘nggi turda Pro ligani uchinchi jamoasi bilan Superligada qolish pley-off  o‘yinida qatnashishga “Mash’al”, “Surxon” va “Metallurg” jamoalari o‘rtasida “raqobat” ketadi. Shuningdek, oxirgi tur chempionatning kumush va bronza medallar egalarini ham aniqlab beradi.   

 

Coca-Cola Superliga. 25-tur

21 noyabr, yakshanba

 

MASh’AL – QIZILQUM - 2:1 (0:1)

Muborak. Bahrom Vafoev nomli  stadion. 987 tomoshabin.

Hakamlar: Aziz Asimov, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Jaloliddin Husnidinov

Nazoratchi: Ravil Shayaxmitov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Oleg Tolmasov, 33 (0:1), Godvin Chika Okvara, 56 (1:1), Godvin Chika Okvara, 74 (2:1)

"Mash’al": Dostonbek To‘xtaboev, Zafarbek Akramov, Najmiddin Normurodov, Ifeaniy Ifeaniy, Oybek Nurmatov (Godvin Chika Okvara, 46), Samuel Chigoze (Qahramon Bahodirov, 90+4), Muhammadali Aliqulov (Samandar Shukurillaev, 46), Jamoliddin Ubaydullaev, Sirojiddin Qo‘ziev, Muhammad Yo‘ldoshev (Abbos Shodmonov, 80), Jahongirbek Abdusalomov (Ibrohim No‘’monov, 72)

"Qizilqum": Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullaev, Islom Kenjaboev, Georgiy Kuxianidze, Mate Vatsadze (Behruz Sadilloev, 71), Salim Mustafoev, Jasur Azimov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Muxsinjon Ubaydullaev, Humoyun Abdualimov (Jamshid Hasanov, 46, Vladislav Aleksin, 87), Oleg Tolmasov

Ogohlantirish: Oybek Nurmatov, 31 – Jasur Azimov, 83.

 

ANDIJON – NAVBAHOR - 1:2 (0:0)

Andijon. "Bobur Arena" stadioni. 5469 tomoshabin.

Hakamlar: Zokir Qodirov, Sanjar Shoyusupov, Aleksandr Sidorov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Shohrux Said

Gollar: Igor Golban,  67 ( 0:1),  Boyan Naydenov, 87 (0:2),  Usmonali Ismonaliev, 89 (1:2)

"Andijon":Eldor Adhamov, Azamat Isroilov (Izzatillo Abdulhaqov, 82), Usmonali Ismonaliev, Abduvohid G‘ulomov, Baxtiyorjon Qosimov, Pavel Zabelin, Vasiliy Sovpel, Farhodjon Sohibjonov, Abdug‘ani Kamolov (Vladislav Vasilev, 78), Muhammadkarim Toirov, Plamen Dimov

"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Boyan Tsiger, Azimjon Ahmedov, Sardor Telyakov (Ibrohim G‘anixonov, 61), Ehsoni Panshanbe (Ilhomjon Alijonov, 90), Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Davronbek Hoshimov, Abbosjon G‘ulomov, Boyan Naydenov, Zabihillo O‘rinboev.

Ogohlantirishlar: Pavel Zabelin, 1,  Baxtiyorjon Qosimov, 15, Abdug‘ani Kamolov, 28, Plamen Dimov, 58,  Usmonali Ismonaliev, 89 - Abbosjon G‘ulomov, 8, Igor Golban, 19, Boyan Naydenov, 30,  O‘tkir Yusupov, 90+2

Chetlatish: Baxtiyorjon Qosimov, 79 (2-sariq).

 

METALLURG – TURON - 1:0 (1:0)

Bekobod. “Metallurg” markaziy stadioni. 2150 tomoshabin.

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

VAR hakami: Asker Najafaliev

VAR assistenti: Rustam Lutfullin

VAR nazoratchisi: Vladislav Tseytlin

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Shahzodbek Nurmatov, 22 (1:0)

Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Salamat Qutiboev, Shahzodbek Nurmatov (Mahmudjon Qudratillaev, 58), Zohid Abdullaev, Kamoliddin Tojiev (Xudoyshukur Sattorov, 25), Shahzodbek G‘ofurbekov, Stanislav Andreev, Dilshod Rahmatullaev (Abrorbek Toshqo‘ziev, 58), Muhammad Isaev, Farruxjon Ibrohimov, Damir Temirov (Bobir Davlatov, 82)

"Turon": Akmal Ortiqov, Asliddin Toshtemirov, Sardor Abduraimov, Sunnatulla Abdullajonov, Humoyun Murtozaev, Muzaffarjon Muzaffarov (Otabek Zokirov, 79), Fozil Musaev, Vladislav Kasminin, Boyong Kim (Doniyor Ismoilov, 79), Dayan Ponevich, Bilolxon Toshmirzaev

Ogohlantirish: Muhammad Isaev, 43, Zohid Abdullaev, 81, Farruhjon Ibrohimov, 84 - Vladislav Kasminin, 81,Sunnatulla Abdullajonov, 83.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb