Coca-Cola Superliganing 25-turi doirasidagi yana ikkita o‘yin o‘tkazildi. Chempionlik masalasini allaqachon hal etib ulgurgan “Paxtakor” kuchli uchlikka harakat qilayotgan “Lokomotiv”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Bugun Xojimat Erkinovning kuni bo‘ldi - ”xet-trik” qayd etdi va jamoadoshlarining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi. “Surxon”ni qabul qilgan “Bunyodkor” ham ikki to‘p farqi bilan raqibini mag‘lub etdi.
Coca-Cola Superliga. 25-tur
20 noyabr, shanba
LOKOMOTIV – PAXTAKOR - 0:3 (0:1)
Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 911 tomoshabin.
Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Abduhamidullo Rasulov, Aleksandr Burov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
Komissar: Sardor Qudratullaev
Gollar: Hojimat Erkinov, 36 (0:1), Hojimat Erkinov, 84 (0:2), Hojimat Erkinov, 86 (0:3).
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Islomjon Qobilov, Kaxi Maxaradze, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sanjar Qodirqulov (Javohir Sidiqov, 61), Jasur Jaloliddinov (Nurmuhammad Toshpo‘latov, 72), Jaloliddin Jumaboev, G‘ulom Haydar G‘ulomov (Igor Chikrizov, 81), Shuhrat Muhammadiev (Islom Rashidxonov, 72), Sherzod Fayziev, Diyorjon Turopov (Azizbek Amonov, 61).
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Anzur Ismoilov, Dragan Cheran (Abbosbek Fayzullaev, 76), Boyan Matich, Hojimat Erkinov, Abrorbek Ismoilov (Humoyunmirzo Iminov, 61), Sherzod A’zamov (Marlen Chobanov, 46), Sardor Sobirxo‘jaev (Odiljon Hamrobekov, 76), Diyor Xolmatov, Farruh Sayfiev (Sharof Muhiddinov, 55), Shahzod Azmiddinov
Ogohlantirishlar: Islomjon Qobilov, 22, Kaxi Maxaradze, 60, G‘ulomHaydar G‘ulomov, 68, Jasur Jaloliddinov, 70 - Farruh Sayfiev, 50, Abrorbek Ismoilov, 55, Shahzod Azmiddinov, 60.
BUNYoDKOR – SURXON - 3:1 (2:1)
Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 670 tomoshabin.
Hakamlar: Vadim Agishev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Laziz Qo‘chqorov
Gollar: Avazbek O‘lmasaliev, 25 (1:0), Murodbek Bobojonov, 34 (1:1), Avazbek O‘lmasaliev, 41 (2:1), Xurshid G‘iyosov, 68-pen. (3:1)
“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Avazbek O‘lmasaliev, Xurshid G‘iyosov (Dian Talxatov, 88), Lutfulla To‘raev, Mirjahon Mirahmadov (Shahboz Erkinov, 78), Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullaev (Davronjon Ergashev, 60), Abdulla Abdullaev, Suhrob Izzatov (Muzaffar Olimjonov, 78), Muhammadodil Qahramonov, Ibrohim Tomiva (Odiljon Abdurahmonov, 60)
“Surxon”: Rustam Nortojiev, Alisher Salimov, Islomjon Toshpo‘latov, Jahongir Ahmadov, Murodbek Bobojonov, Zohir Pirimov (Javohir Sohibov, 62), Jasur Xolto‘raev (Muhammad Ali Abdurahmonov, 75), Nuriddin Hasanov (O‘rol Choriev, 77), Husniddin G‘ofurov ( Ibrohim Yo‘ldoshev, 77), Abdul Aziz Yusupov ( Kamron Saidazimov, 75), Behruz Shaydulov.
Ogohlantirish: Ulug‘bek Abdullaev, 14, Avazbek O‘lmasaliev, 37, Nurillo To‘xtasinov, 64, Shuhrat Maqsudov, 64 (bosh murabbiy), Odiljon Abdurahmonov, 74 - Rustam Nortojiev, 68, O‘rol Choriev, 83.