Ayollar Oliy ligasi. “So‘g‘diyona” oltin, “Bunyodkor” esa kumush medallar bilan taqdirlandi

Kecha Jizzaxning bosh arenasida ayollar futboli bo‘yicha mamlakat chempionati  oliy ligasining 23-turdan qoldirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Bunyodkor”ning klublar o‘rtasidagi  Osiyo chempionatidagi ishtiroki munosabati bilan kechiktirilgan uchrashuvda “So‘g‘diyona” aynan “Bunyodkor”ni qabul qildi. O‘zbekiston chempionligini muddatidan avval hal etgan maydon egalari kumush medal sohibi hisoblangan toshkentliklarga qarshi uy uchrashuvini ko‘tarinki ruhda tashkil etishdi. Biroq, murosasiz, teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda “So‘g‘diyona”ning sobiq o‘yinchisi Aziza Norboeva tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal etdi. Uchrashuv yakuniga etgach maydonning o‘zida  har ikkala jamoani tantanali tabriklash marosimi o‘tkazildi. O‘zPFL vakillari avvaliga “Bunyodkor” jamoasini kumush medallar, so‘ng “So‘g‘diyona”ni oltin medallar bilan taqdirladi. Aynan ayollar chempionati etakchisi uchun o‘ziga xos dizayn bilan maxsus tayyorlangan bosh Kubok mezbonlar sardoriga topshirildi. ..   

 

Ayollar Oliy ligasi. 23-turning qoldirilgan o‘yini

19 noyabr, juma

 

SO‘G‘DIYОNA-W - BUNYОDKOR-W – 0:1 (0:0)

Jizzax. “So‘g‘diyona” markaziy stadioni. 4503 tomoshabin.

Hakamlar: Roziyaboni Yusupova, Kristina Seredra, Aleksandra  Konchikova

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Komissar: Shohruh Said

Gol: Aziza Norboyeva (85)

“So‘g‘diyona”: Nozima Hasanova, O‘g‘iloy Qo‘chqarova (Xolida Dadaboyeva, 73), Nafisa Nabiqulova, Rosacharne Periale, Fuseina Mumuni, Yulduz Shodiyeva, Tanzilya Zarbiyeva, Diyora Xabibullayeva, E’zoza Sharipova (Iroda Turdaliyeva, 58), Zarina Mamatkarimova (Maxliyo Sariqova, 58), Alberta Ahialey

“Bunyodkor”: Zarina Saidova, Kamola Risqiyeva, Ayjan Bo‘ronbekova, Luiza Sadirova, Dildora Nozimova (Marina Kosnikova, 46), Saida Galimova, Umida Zoirova (Gulchehra Eshmamatova, 53), Dilrabo Asadova, Yulduz Nabiyeva (So‘g‘diyona Allamurodova, 90+3),  Aziza Norboyeva, Ilvina Ablyakimova  

Ogohlantirishlar: Sherali Boboqulov (78, bosh murabbiy), Nasiba Xojiyeva (90+3) – Kamola Risqiyeva (14).

Chetlatish: Sherali Boboqulov (90, ikkinchi sariq).

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb