Superligaga o‘tish o‘yini hamda O‘zbekiston kubogi finali vaqtlari ma’lum

“2021-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 21.1-bandi 4-xatboshisiga ko‘ra, mavsum yakuniga ko‘ra Superligada 12-o‘rinni band qilgan klub ligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun Pro liganing uchinchi jamoasiga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. Mazkur bandning 5-xatboshisiga ko‘ra, o‘tish o‘yini Pro liga klubi maydonida tashkil etiladi. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘tish uchrashuvini 2-dekabr sanasida o‘tkazadi. Bellashuv 14:00 da start oladi.

O‘tish o‘yinining asosiy vaqtida g‘olib jamoani aniqlash imkoni bo‘lmasa, 15 daqiqadan ikki qo‘shimcha taymlar belgilanadi. Shunda ham g‘olib nomiga oydinlik kiritilmasa, Superliganing 2022-yilgi mavsumiga yo‘llanma oluvchi so‘nggi jamoa nomi penaltilar seriyasiga ko‘ra aniqlanadi.

O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi esa 4-dekabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 16:00 da start oladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb