Coca-Cola Superliga. “Nasaf” “kumush”ga yaqinlashdi

Superliganing 24-turdan kechiktirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi. “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qilgan “Nasaf” raqiblarini mag‘lub etib, 44 ochko to‘plagan holda 46 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan AGMK jamoasiga yanada yaqinlashib oldi. Qarshiliklarning eng yaqin ta’qibchisi esa 43 ochko bilan “So‘g‘diyona” jamoasi bo‘lib turibdi. “Qo‘qon-1912”ning ham kuchli oltilikka kirishiga hali imkoniyati yo‘qolmagan.

 

Coca-Cola Superliga.

24-turning kechiktirilgan uchrashuvi.

15 noyabr, dushanba

 

NASAF – QO‘QON-1912 - 3:1 (1:0)

Qarshi. “Markaziy” stadion. 2302 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullayev, Olim Abduvosilov, Otabek Qosimov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Husayin Norchayev, 10 (1:0), Bahrom Abdurahimov, 56 (2:0), Alibek Davronov, 67 (3:0), Andrey Sidorov, 76 (3:1)

"Nasaf": Umidjon Ergashev, Alibek Davronov, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Saitov (Jo‘rabek Mannonov, 71), Bahrom Abdurahimov (Doniyorjon Narzullayev, 57, Shohmalik Komilov, 76), Husayin Norchayev (Andriya Kaluderovich, 71), Suhrob Nurulloyev, Akmal Mozgovoy,  Sherzod Nasrullayev,  Oybek Bozorov, Marko Stanoevich

"Qo‘qon-1912": Islomjon Abdullayev, Boburjon Akbarov, Ilxomjon Vahobov (Aleksandr Merzlyakov, 82), Slavko Lukich (Avazxon Mamatxo‘jayev, 63), Shohnazar Norbekov, Sardorbek Azimov, Oybek Rustamov, Anvarjon Xojimirzayev (Andrey Sidorov, 46), Muhammadanas Hasanov (Suhrob Berdiyev, 63), Ivan Yosovich, Yakuba Bamba

Ogoxlantirish: Yo‘q - Anvar Xojimirzayev, 29.

mib
uzcard
cola
apex
bmb