Pro liga. Superliga umidi “Olimpik”da ham, “Nurafshon”da ham bor, faqat...

Pro liganing 23-tur doirasidagi so‘nggi o‘yin o‘tkazildi. “Neftchi” o‘z maydonida “Nurafshon”ni qabul qildi. Uchrashuv taqdirini o‘yinning so‘nggi o‘n daqiqasi hal qildi. Avvaliga mezbonlar Oybek Qilichev goli evaziga hisobni ochgandi, besh daqiqa o‘tar-o‘tmas ularning o‘zlari jarima maydoni ichida o‘yin qoidasini buzishdi. Penaltini Bexruz Shodmonov aniq amalga oshira oldi.  Vaholanki, mehmonlarda yutuqqa erishish imkoniyati ham bor edi. Lekin ikkinchi bo‘lim boshida Bobirjon Amonov o‘n bir metrlik belgini darvozabonning mahorati evaziga golga aylantira olmagandi. Shu tariqa Superliga chiqish pley-off uchrashuvida ishtirok etishga ham “Olmpik”ning, ham “Nurafshon”ning imkoniyatlari bor. Ko‘proq imkoniyat esa “Olimpik”da. Buning uchun toshkentliklar durang, hech bo‘lmasa kichik hisobdagi mag‘lubiyat qayd etishlari lozim, “Nurafshon”ni esa bunday baxtga faqat yirik – beshta to‘p farqidagi yutuq eltadi xolos.

 

Pro liga. 23-tur

14 noyabr, yak shanba

 

NEFTChI – NURAFShON - 1:1 (0:1).

Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. 529 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliyev, Aleksandr Sidorov, Doniyor Saylalov

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Jahongir Rahmatullayev.

Gollar: Oybek Qilichev, 79 (1:0), Bexruz Shodmonov, 84-pen (1:1)

Amalga oshirilmagan  penalti: Boburjon Amonov, 49

"Neftchi": Mashhurjon Muhammadjonov, Shodiyor Xojimatov, Izzatillo Abdullayev (Sardor Abdunabiyev, 59), Abdulloh Olimov (Sherzod Karimov, 59), Umar Atxamzoda, A’zamjon Aliyev (Sobit Sindarov, 83), Tohirjon Shamsitdinov, Darko Stanoevich, Aleksandr Eshich, Oybek Qilichev, Ulug‘bek Xoshimov (Doston Toshmatov, 59)

"Nurafshon": Shohjahon Nasimov, Bobirjon Amanov, Mirjalol Jumayev, Bobur Qosimov (Behruz Shodmonov, 70), Anvarjon Jo‘rayev, Shavkat Salomov, San’at Shixov, Rustamjon Abduhamidov (Fayzullobek Jumanqo‘ziyev, 70), Alisher Sanoyev (Davronbek Isoqov, 84), Firdavs Asadov, Jasurbek O‘rinov (Sardorbek Izzatov, 62)

Ogohlantirish: Abdulloh Olimov, 56 - Jasurbek O‘rinov, 29, Shavkat Salomov, 73, Mirjalol Jumayev, 73.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb