21 yoshlilar chempionatida qiziq xolat yuzaga keldi. Bugun, “Nasaf” 24-turning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi kechiktirilgan uchrashuvida ikkita to‘p farqida g‘alaba qozonganidan keyin kuchlilar qatoriga qo‘shildi. Ayni paytda AGMKning allaqachon birinchi o‘rinni naqd qilib qo‘yganligini inobatga olmaganda unga eng yaqin jamoalar soni to‘rttani tashkil etmoqda – “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Mash’al”. Ularning barida 41 ochkodan mavjud. Ikkinchi o‘ringa da’vogarlar safiga shuningdek, “Navbahor” (40 ochko) va “Lokomotiv” (37 ochko)ni ham kiritish mumkin. Turgan gapki, kichik bronza medali sohibi ham aynan shu jamoalar orasidan chiqadi.
U-21. 24-tur.
14 noyabr, yakshanba
NASAF – QO‘QON1912 – 2:0 (0:0)
Qarshi. “Mehnatchi” stadioni.
Hakamlar: Husan Muzaffarov, Farhod Usmonov, Elnur Doniyorov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Sherali Rasulov, 68 (1:0), Aziz Xolmurodov, 84 (2:0)
Ogohlantirishlar: Jahongir Shermatov, 43, Nodirbek Mukarov, 76, Shaxzod Xushvaqtov, 90+3 – Muhsinjon Normatov, 43, Barhayotjon Saidahmadjonov, 49.