18 yoshlilar chempionatida qoldirilgan ikkita o‘yin o‘tkazildi. O‘z maydonida “Aral Samali”ni qabul qilgan “Nurafshon” yirik – 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. Aslida o‘yin taqdirini Farruh Ibodov birinchi bo‘limning o‘zidayoq hal etib bo‘lgandi – bir o‘zi raqiblar darvozasini uch bor nishonga olgandi. Urganchga safar uyushtirgan “Turon” ham uch ochko bilan qaytdi. Yaypanliklar mezbonlarni 4:2 hisobida ortda qoldira olishdi. Vaholanki, maydon egalari birinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra hisobda oldinda borishayotgandi. “Turon” mazkur yutug‘i bilan turnir jadvalida olti pog‘ona yuqorilab, 16-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
U-18 Chempionati.
13 noyabr, shanba
20-turning qoldirilgan o‘yini
NURAFSHON - ARAL SAMALI – 6:2 (3:0)
Buxoro. “Umid” stadioni. 18 tomoshabin.
Hakamlar: Shuhrat Rajabov, Shavkat Rahmatov, Aleksandr Burov
Nazoratchi: Bobir Qodirov
Komissar: Samandar Ibragimov
Gollar: Farruh Ibodov (28, 37, 41), Shohruhxon Teshayev (57, 85), Ozodbek Mustafoyev (68) – Arislan Yusupbayev (78), Zulpuxar Kuanishbayev (81)
Amalga oshirilmagan penalti: Daniyar Madiyorov (60, “Aral Samali”)
Ogohlantirishlar: Bexruz To‘rayev (69) – Shuhrat Jaksibayev (36), Quanishbay Bazarbayev (76)
Chetlatish: Firdavs Hikmatov (78) - yo‘q.
22-turning qoldirilgan o‘yini
XORAZM – TURON – 2:4 (2:1)
Urganch. “Yoshlik” sport majmuasi.
Hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Jasur Tursunboyev, Quvondiq Dushchanov
Nazoratchi: Ilhom Yoqubov
Komissar: Sanjar Zaripov
Gollar: Amirbek Komilov (6), Muhammad Ahmadjonov (17) – Miraziz Mahamadaliyev (15), Muhammadjafar Usmonov (48), Jasur Xursanov (65), Farruhjon Qodirov (68)
Amalga oshirilmagan penalti: Rulan Mahkamov (45+2, “Turon”)
Ogohlantirishlar: A’zamjon Abdullayev (86), Danila Ejov (90+3) – Muhammadjafar Usmonov (27), Jasur Xursanov (77), Nodir Ahmadjonov (82).