Coca-Cola Superliga. “Nasaf” ikkita to‘p oldinda bordi, yakunda bir ochko ishladi

Coca-Cola Superliganing 19-turidan qoldirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Termizga safar uyushtirgan “Nasaf” ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalariga qadar ikkita to‘p farqida oldinda borayotgandi.  Ko‘p o‘tmay, olti daqiqa orasida ikkita gol o‘tkazib yubordi. G‘alabaku qo‘ldan ketdi, lekin butunlay ochko yo‘qtoshi ham mumkin edi, bitta bo‘lsa-da uyga ochko bilan qaytdi. Qarshiliklarning sovrinli o‘rinlardan joy olishiga hali imkoniyatlari bor. Kumush va bronza medallari uchun kurash  hali davom etadi. Ikkinchi o‘ringa ham (AGMK, “So‘g‘diyona”, “Nasaf”), uchinchi o‘ringa ham (“So‘g‘diyona”, “Nasaf” va “Bunyodkor”) uchta jamoa da’vogarlik qilayotganligi inobatga olinsa...  

 

Coca-Cola Superliga. 19-tur

11 noyabr, payshanba

 

SURXON – NASAF - 2:2 (0:1)

Termiz. “Surxon” sport majmuasi. 3011 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev, Bektursin Kannazarov, Jalgasbay Sarsenov, Jaloliddin Husniddinov

Nazoratchi: Baxtiyor Namazov

Komissar: Vladimir Nazarov.

Gollar: Andriya Kaluderovich, 38 (0:1), Bahrom Abdurahimov, 52 (0:2), Nuriddin Hasanov, 58 (1:2), Abdul Aziz Yusupov, 64 (2:2)

"Surxon":   Rustam Nortojiyev, Alisher Salimov, Islomjon Toshpo‘latov, Jahongir Ahmadov, Zohir Pirimov, Jasur Xolto‘rayev (Kamron Saidazimov, 90+1), Nuriddin Hasanov, Husniddin G‘ofurov, Abdul Aziz Yusupov (O‘rol Choriyev, 71), Behruz Shaydulov, Nikita Pavlenko (Muhammad-Ali Abdurahmonov, 56)

 

"Nasaf": Umidjon Ergashev, Alibek Davronov,  G‘olib G‘aybullayev, Doniyorjon Narzullayev (Suhrob Nurulloyev, 82), Dilshod Saitov (Jo‘rabek Mannonov, 90+1), Bahrom Abdurahimov (Husain Norchayev, 82), Akmal Mozgovoy,  Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov (Abubakr-Rizo Turdialiyev, 90+1), Marko Stanoyevich, Andriya Kaluderovich (Shohmalik Komilov, 83)

Ogoxlantirish: Alisher Salimov, 27, Husniddin G‘ofurov, 86 - Alibek Davronov, 17, G‘olib G‘aybullayev, 53, Marko Stanoyevich, 86, Husayn Norchayev, 89.

 

 

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb