21 yoshlilar chempionatida 19-turdan qoldirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Termizga safar uyushtirgan “Nasaf” jamoasi “Surxon” bilan durang o‘ynadi. Vaholanki, qarshiliklar uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq hisobni ochishgan va birinchi bo‘limni o‘z foydalariga hal etgandi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa maydon egalari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Shu natija bahs oxiriga qadar o‘zgarmadi. Ayni paytda oltin medal masalasi hal bo‘lgan (AGMK), kumush va bronza medallariga bir-ikki emas oltita jamoa da’vogarlik qilyapti – “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Mash’al” 41 ochkodan, “Navbahor” 40, “Nasaf” 38 va “Lokomotiv” 37 ochkoga ega.
U-21 Chempionati.
19-turning qoldirilgan o‘yini. 10 noyabr, chorshanba
SURXON – NASAF – 1:1 (0:1).
Termiz. “Alpomish” stadioni. 71 tomoshabin.
Hakamlar: Jaloliddin Husniddinov, Anvar Jumayev, Safarali Saydullayev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Vladimir Nazarov
Gollar: Jasur Jumayev, 4 (0:1), Muhammadali Abdurahmonov, 53 (1:1)
Ogohlantirishlar:Muhammadali Abdurahmonov, 67, Bexruz Qulmatov, 68 – Otajon Niyazmetov, 56, Jahongir Shermatov, 67, Jasur Jumayev, 74, Shaxzod Xushvaqtov, 84.