18 yoshlilar chempionatining 21-tur doirasidagi so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi. “Nurafshon”ni qabul qilgan “Paxtakor” 6:2 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mazkur yutuq bilan yosh “sherlar” 50 ochko to‘plagan holda 52 ochkolik “Neftchi”ga yaqinlashib oldi. Toshkentliklarda hali yana bitta zaxira o‘yini ham bor. Demak, liganing “kichik oltin” medali uchun kurash so‘nggi turgacha davom etishi muqarrar.
U-18 Chempionati.
21-tur. 9 noyabr, seshanba
PAXTAKOR – NURAFSHON – 6:2 (3:0)
Qibray. “Qibray” stadioni. 17 tomoshabin.
Hakamlar: Hasan Nabiyev, Daler Tilloyev, Rishat Nugmanov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Shoislom Xolmatov
Gollar: Shaxzodbek Rahmatullayev (11-pen., 41, 81-pen.), Sunnatillo Poyonov (25), Rustam Turdimurodov (61), Abdulaziz Yusupjonov (65) – Jobirbek Ahmedov (74), Muhammad Qudratov (84)
Ogohlantirishlar: Saidolim Asadov (84) – Bexruz To‘rayev (35), Akobir Ne’matov (52).