Ayollar Birinchi ligasi. AGMK-2 chempion, “Neftchi” esa oliy ligada

Ayollar futboli bo‘yicha mamlakat Birinchi ligasi nihoyasiga yetdi. Xorazmning “To‘maris” jamoasini inobatga olmaganda beshta jamoa salkam o‘n kun mobaynida poytaxtdagi “Chig‘atoy” sport bazasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.  Liga g‘olibligi va oliy liga yo‘llanmasi taqdiri so‘nggi turda hal bo‘ldi. AGMK-2 jamoasi “Andijon”ni yirik hisobda mag‘lub etib, 35 ochko to‘plagan holda liga peshqadami bo‘ldi. “Neftchi” ham “Dinamo” jamoasini ikkita to‘p farqida yengdi, biroq ochkolari soni 33 tani tashkil etdi. Musobaqa qoidasiga ko‘ra AGMK-2 Jizzaxning AGMK bosh jamoasi farm klubi bo‘lgani uchun oliy ligadan joy olmaydi, uning o‘rnini musobaqada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa egallaydi. Bu jamoa “Neftchi” bo‘ldi. Shu tariqa, AGMK-2 Kubokni, “Neftchi” esa oliy ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritganini nishonladi.

 

Ayollar Birinchi ligasi.

15-tur. 9 noyabr, seshanba. Toshkent.

 

NEFTChI – DINAMO – 3:1 (1:0). 21 tomoshabin.

Hakamlar: Jaloliddin Husniddinov, Kristina Sereda, Aleksandra Konchikova

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Navro‘za Latifjonova (1, 73), Gulira’no Hasanova (53) – Nafosat Jumaqulova (86)

Ogohlantirish: Yo‘q -yo‘q.

 

ANDIJON – AGMK-2 – 0:6 (0:2). 31 tomoshabin.

Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Aleksandra Konchikova, Kristina Sereda

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: Ziyoda Omonqulova (10), Asal Aminjonova (28, 54), Sevinch Rahmatullayeva (48), Nilufar Turg‘unboyeva (59, 82)

Amalga oshirilmagan penalti: Nargiza Mamataliyeva  (72, AGMK)

Ogohlantirish: Yo‘q – Nilufar Turg‘unboyeva (41).

mib
uzcard
cola
apex
bmb