Ayollar Oliy ligasi. “Sevinch” bronza uchun iaqdirlandi, “Navbahor-W” guruh g‘olibi

Ayollar futboli bo‘yicha Oliy liga jamoalari, qoldirilgan “So‘g‘diyona-W” va “Bunyodkor” jamoalari o‘yinini inobatga olmaganda, mavsumni yakunlashdi. Musobaqaning sovrindorlari nomi allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurgandi – “So‘g‘diyona-W” oltin, “Bunyodkor” kumush, mamlakatning ko‘pkarra chempioni “Sevinch” esa bronza medallariga loyiq topilgandi. So‘nggi turda AGMK-W ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabadan keyin “Sevinch” jamoasi a’zolari klub mutasaddilari, homiylari tomonidan munosib taqdirlandi – qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanishdi. So‘nggi tur faqat “В” guruhi peshqadami nomiga oydinlik kiritishi bilan muhimroq edi. Bu nomga da’vogarlardan biri “Paxtakor” safarda “Qizilqum-W” bilan  durang o‘ynadi, o‘z maydonida “Nurafshon-W”ni qabul qilgan va yirik hisobda zafar quchgan “Navbahor-W” 26 ochko to‘plagan holda guruhda karvonboshi bo‘ldi.

 

Oliy liga. 23-tur

9 noyabr, seshanba

 

SEVINCh – AGMK-W – 4:0 (0:0)

Qarshi. “Geolog” stadioni. 45 tomoshabin.

Hakamlar: Edita Mirabidova, Darya Snetkova, Mohirabonu Muraliyeva

Nazoratchi: Hushvaqt Muxtorov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Maftuna Shoyimova (77), Nilufar Qudratova (81), Gulzoda Amirova (90+1), Laylo Shodiyeva (90+4)

“Sevinch”: Maftuna Jonimqulova, Laylo Shodiyeva, Maftuna Shoyimova, Ana Alekperova, Gulzoda Amirova, Shodiya Tosheva, Shaxrizoda Zayniddinova, Feruza Boboxo‘jayeva (Angelina Polyushkevich, 57), Malika Burxonova, Nilufar Qudratova, Laylo Tilovova

AGMK-W:  Nilufar Qurbonaliyeva, Darina Fedosenko, Kamila Zaripova, Munisa G‘iyosova, Leyla Rustullayeva (Leyla Oraniyozova, 83), Sevinch Qo‘chqorova, Shohida Tojiddinova, O‘g‘iloy Ilasheva, Maftuna Panjiyeva, Feruza Turdiboyeva, Orasta Tojiboyeva

Ogohlantirishlar: Laylo Shodiyeva (14), Shodiya Tosheva (47), Maftuna Shoyimova (62) – Maftuna Panjiyeva (55)

 

QIZILQUM-W – PAXTAKOR-W – 2:2 (1:0)

Navoiy. “Yoshlik” stadioni. 45 tomoshabin.

Hakamlar: Husnora Jumayeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova

Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov

Komissar: Alisher Fayziyev

Gollar: Shaxzoda Jamolova (16, 54) – Alisa Zaxarenko (78), Malika Xalilova (87)

“Qizilqum-W”: Shaxnoza Karimova, Baxtishod To‘xtayeva, Zarina Boboyeva, Feruzaxon Jo‘raboyeva, Shaxzoda Jamolova, Madina Kamoltoyeva, Omadoy Mingboyeva, Chiroygul Dehqonova, Gulchiroy Ibrohimova, Farichehra Abduvohidova, Mohinur Qo‘ziyeva (Oygul Yoqubova, 90)

Paxtakor-W”: Nigora Uzganova, Madina Abduraimova, Alisa Zaxarenko, Dinara Tagirova, Lidiya Tsema, Umida Xotamova, Durdona Baxtiyorova, Zuhra Baxriddinova, Maxzuna Abdukarimova, Ekaterina Salnikova, Zebiniso Avliyoqulova (Malika Xalilova, 61)

Ogohlantirishlar: Gulchiroy Ibrohimova (7), Madina Kamoltoyeva (89) – Dinara Tagirova (44), Lidiya Tsema (53).

 

NAVBAHOR-W – NURAFShON-W – 6:0 (3:0)

Namangan. “Navbahor” markaziy stadion zaxira maydoni. 132 tomoshabin

Hakamlar: Lochin Dolimov, Abdulhamid Abduraimov, Azizbek Isaqov

Nazoratchi: Islom Rahimov

Komissar: Akmal Qoraboyev

Gollar: Nargiza Abdurasulova (7, 45+1, 71, 85), Nilufar Dadajonova (45), Madina Hikmatova (70-pen.)

“Navbahor-W”: Hurmatoy Kamolxo‘jayeva, Madina Hikmatova, Nilufar Dadajonova, Nargiza Abdurasulova, Zarina Xo‘jayeva, Sarvinoz Komiljonova, Muqaddam Abdullayeva, Mavluda Munavvarova (Sohiba Meliboyeva, 75), Shohida Ergasheva (Muharram Abdullayeva, 58), Dilnora Davronova, Zuhraxon Abdurahimova

Nurafshon-W”: Nozigul G‘iyosova, Sohiba Seyitmirova, Nilufar Umarova, Nigina Haydarova, Dinora Sadaqulova (Ruxsora Rasulova, 46), Nitaya Roj Kunnosa, Farzona Shonazarova, Sitora Pirnazarova, Komila To‘xtasinova, Charos G‘aniyeva, Shaxnoza Yusupova

Ogohlantirishlar: Nilufar Dadajonova (90+1) -  Shaxnoza Yusupova (59).

 

18 noyabr, payshanba

 

SO‘G‘DIYONA-W - BUNYODKOR-W

mib
uzcard
cola
apex
bmb