Futzal. “Lokomotiv” – beshta o‘yin, beshalasida ham g‘alaba

Poytaxtdagi “Yunusobod” sport majmusida deyarli bir hafta davom etayotgan futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining 2-tur beshinchi kungi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. AGMK raqibi “Maksam-Chirchiq” jamoasi bilan kuch sinashgan uchrashuvda chirchiqliklar yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Beshta goldan uchtasini Avazbek Abduvaliev amalga oshirdi.  “Nasaf” va “Navbahor” uchrashuvining birinchi bo‘limida kuchlar teng edi. Ikkinchi bo‘limda esa namanganliklarning omadi keldi va yutuqqa erishdi. “Lokomotiv” “Metallurg” uchrashuvida ham mezbonlar ustunlikka erishishdi.

 

Futzal. Oliy liga

Toshkent. “Yunusobod” s.m. 2-tur.

Beshinchi  kun. 8 noyabr, dushanba

 

MAKSAM-ChIRChIQ – AGMK – 1:5 (1:2). 63 tomoshabin.

Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Aziz Karimov, Ilhom Abdulakov

Nazoratchi: Fahriddin Murodov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar:A’zam Saidahmatov (9) – Isaxon Ibragimov (5), Avazbek Abduvaliev (6, 35, 36), Ravshan Ismatullaev (37)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

NASAF – NAVBAHOR – 1:3 (1:1).  76 tomoshabin.

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Sultonmurod Abdurahmonov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar:  Farhodjon Shokirov (14, 36, 39), Burxoniddin Sodiqov (19-o‘z darv)

Ogohlantirishlar: Shohruh Norqulov (17), Shohruh Ne’matov (38) -  Ilyos Mallaev (39).

 

LOKOMOTIV – METALLURG – 4:3 (2:1). 83 tomoshabin.

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Ziyovuddin Erkinov, Furqat Azizov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Akbar Usmonov (1, 17, 36), Dilmurod Shavkatov (38) –  Maqsud Fayzullaev (20), Farhod Qodirov (27, 28)

Ogohlantirishlar: Mashrab Adilov (39) -  Ilhom Rajabov (12)

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb