“So‘g‘diyona-W” va “Bunyodkor-W” o‘rtasidagi ikki uchrashuv Jizzax va Toshkentdagi asosiy stadionlarda bo‘lib o‘tadi

Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan “Bunyodkor-W” jamoasini keyinchalik “So‘g‘diyona-W” jamoasiga qarshi ikki uchrashuv kutib turibdi. Birida tomonlar Oliy liganing so‘nggi turida doirasida maydonga chiqadi. Ikkinchisida esa mamlakat kubogi uchun saf tortadi. 

Joriy mavsum hisobidan jamoalar hozirgacha ikki uchrashuvda maydonga tushdi. Jizzaxda 30 may kuni 4:4 hisobidagi jangovor durang qayd etilgan bo‘lsa, 29 sentyabr kuni Toshkentda “qaldirg‘ochlar” ustun keldi — 2:0. Shunga qaramay, mavsum yakuniga 1 ta tur qolganida jizzaxliklar chempionlikka erishdi. 

18 noyabr kuni “Bunyodkor-W” chempionatning so‘nggi turini o‘tkazish uchun Jizzaxga keladi. Bellashuv 15:30 da viloyatdagi bosh stadionda bo‘lib o‘tadi. Chempionga kubok hamda oltin medallar, vitse-chempionlarga kumush medallar topshirish marosimi aynan shu erda tashkil etiladi. 

23 noyabr kuni esa “Bunyodkor” stadioni kubok finaliga mezbonlik qiladi. Bellashuv 16:00 da start oladi. O‘tgan mavsumda kubokda zafar quchgan “Bunyodkor-W” endilikda ko‘chma kubokni o‘zida saqlab qolishga harakat qiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb