18 yoshlilar chempionatining 14-turdan qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida “Sho‘rtan”ni qabul qilgan “So‘g‘diyona” bitta to‘p farqi bilan raqibini mag‘lub etdi. Mazkur yutuq jizzaxliklarning turnir jadvalida uch pog‘ona yuqorilashga xizmat qildi – 16-o‘rindan 13-o‘ringa.
U-18 Chempionati. 5 noyabr, juma
14-turning qoldirilgan uchrashuvi.
SO‘G‘DIYoNA – ShO‘RTAN – 2:1 (1:1)
Jizzax. “So‘g‘diyona” qarorgohi maydoni. 18 tomoshabin.
Hakamlar: Shohruh Qayumov, Feruz Dostonov, Hayrulla Normatov
Nazoratchi: Shuhrat Karimov
Komissar: Feruzbek G‘aniev
Gollar: Shaxbozjon Qo‘chqorov (15-pen.), Bekzod Umarqulov (60) – Azizbek Rashidov (36)
Amalga oshirilmagan pegnalti: Fayozbek Xayitjonov (44, “So‘g‘diyona)
Ogohlantirishlar: Fayozbek Xayitjonov (86) - Sarvar Bo‘ronov (58), Alizod To‘xtaev (85).