U-21. “Navbahor” yirik hisob qayd etdi

21 yoshlilar chempionatida navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. “Lokomotiv” va “So‘g‘diyona” jamoalari uchrashuvi taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi – 2:1, ikkinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlandi. “Metallurg”ni qabul qilgan “Navbahor” raqiblari darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urishdi. 2020 yilgi mavsum chempioni “Metallurg”ning bu yilgi ishtiroki ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Avvalgi tarkibdan atigi ikki nafar (Diyorbek Shavqiev va Ulug‘bek Sharipov) futbolchini hisobga olmaganda jamoa butunlay yangilangan. Asosan 16-17 yoshli o‘smirlar bilan kurash olib borayotgan jamoa bu yil etarlicha tajriba oshirib, kelasi yildan yana bosh sovrin uchun kurashishni maqsad qilganligini yashirmayapti.

 

U-21. 24-tur.

4 noyabr, payshanba

 

LOKOMOTIV – SO‘G‘DIYoNA – 2:1 (2:1)

Toshkent. TTYMI stadioni. 31 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Ziyovuddin Erkinov, Sardor Mirodilov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: Sherzodjon Komilov, 7 (1:0), Temur Xoshimov, 11 (1:1), Javohir Alijonov, 23 (2:1)

Ogohlantirish: Sardorbek Mahmudov, 67 – yo‘q.

 

NAVBAHOR – METALLURG – 4:0 (1:0)

Namangan. “Navbahor” markaziy stadioni zaxira maydoni. 256 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Rasuljon Fozilov, Islomjon Nosirov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Xusayn Ergashboev, 41 (1:0), Asilbek Orifjonov, 48 (2:0), Xusayn Ergashboev, 63 (3:1), Azizbek Xursanboev, 73 (4:0)

Ogohlantirishlar: Mirzohid Mirzamahmudov, 24, Husan G‘anijonov, 50 – Salohiddin Ergashev, 33.

mib
uzcard
cola
apex
bmb