Coca-Cola Superliganing 24-tur o‘yinlari start oldi. Bugunga belgilangan ikkita uchrashuvning ikkalasi ham tomoshabop bo‘ldi, qiziqarli voqealarga boyidi. Olmaliqqa safar uyushtirgan “Andijon” “kaftida turgan” omadni ushlab qola olmadi – ikki to‘p farqida oldinda borib so‘nggi yigirma daqiqada uchta gol o‘tkazib yubordi. Ligada “jon saqlash” uchun kurashayotgan jamoaga hattoki bir ochkoning ham qimmati baland edi. “Bunyodkor” stadionidaga o‘yin ham ko‘pchilikka manzur bo‘lgani rost. 90 daqiqa bir-biriga hujum qilgan, necha bor golli vaziyatlarga ega bo‘lgan jamoalarning bahsi durang bilan tugayotgandek edi. Biroq qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar tomon belgilangan penalti hammasiga yakun yasadi – “qaldirg‘ochlar” bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarishmadi. Aksincha, navoiyliklar bundan avvalroq shunday imkoniyatni havoga sovurishgandi.
Coca-Cola Superliga. 24-tur
4 noyabr, payshanba
AGMK – ANDIJON - 3:2 (0:1)
Olmaliq. OKMK stadioni. 456 tomoshabin.
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Abduhamidillo Rasulov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Aleksandr Sidorov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Alisher Fayziev
Gollar: Muhammadkarim Toirov, 43 (0:1), Pavel Zabelin, 58 (0:2), Martin Boake, 72 (1:2), Martin Boake, 75 (2:2),Shohruh Gadoev, 90+5)
AGMK: Valijon Rahimov, Akromjon Komilov, Mirjamol Qosimov (Shohruh Gadoev, 60), Sardor Rahmonov (Boburbek Yo‘ldoshev, 87), Husniddin G‘ofurov (Murodjon Toshmatov, 69), Abbosjon Otaxonov, Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan (Zafar Polvonov, 69), Sanjar Shoahmedov (Martin Boake, 60), Yovan Jokich, Dilshodbek Ahmadaliev
"Andijon": Eldor Adhamov, Sardorbek Xursandov, Azamat Isroilov, Usmonali Ismonaliev, Abduvohid G‘ulomov, Baxtiyorjon Qosimov, Pavel Zabelin, Vasiliy Sovpel, Abdug‘ani Kamolov, Muhammadkarim Toirov (Farhod Sohibjonov, 90), Plamen Dimov
Ogohlantirishlar: Husniddin G‘ofurov, 30, Sardor Rahmonov, 83, Murodjon Toshmatov, 88 – yo‘q.
BUNYoDKOR – QIZILQUM - 1:0 (0:0)
Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 960 tomoshabin.
Hakamlar: Elyor Tursunov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, G‘ayrat Jo‘raev
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Sardor Qudratullaev
Gol: Xurshid G‘iyosov, 90+6-pen. (1:0).
"Bunyodkor": Sarvar Karimov, Avazbek O‘lmasaliev, Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘raev, Odiljon Abdurahmonov (Mirjahon Mirahmadov, 76), Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev, Suhrob Izzatov, Muhammadodil Qahramonov, Ibrohim Tomiva (Muzaffar Olimjonov, 90)
"Qizilqum": Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullaev, Islom Kenjaboev, Giorgi Kuxianidze, Mate Vatsadze (Jamshid Hasanov, 78), Fayzullo Qambarov (Jasur Azimov, 46), Salim Mustafoev, Islom To‘xtaxo‘jaev, Muhsinjon Ubaydullaev, Elguja Grigalashvili, Oleg Tolmasov
Ogohlantirish: Lutfulla To‘raev, 42, Nurillo To‘xtasinov, 55, Odiljon Abdurahmonov, 61, Abdulla Abdullaev, 79, Muhammadodil Qahramonov, 85 - Elguja Grigalashvili, 13, Islom Kenjaboev, 26, Fayzulla Qambarov, 43.