21 yoshlilar chempionatining 24-tur o‘yinlariga start berildi. Bugunga belgilangan ikkita uchrashuvning ikkalasida ham maydon egalari zafar quchishdi. Chempionlikni allaqachon hal etib ulgurgan AGMK keraksiz o‘yinda ham ochko ishlashni davom ettiryapti. Olmaliqliklar “Andijon”ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. “Bunyodkor” ham o‘z maydonida “Qizilqum”ni bitta gol evaziga bo‘lsada yutuqqa erishdi.
U-21. 24-tur.
3 noyabr, chorshanba
AGMK – ANDIJON – 3:0 (2:0)
Bekobod. “Metallurg” stadioni. 21 tomoshabin.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Mirjalol Orzidinov, Akmaljon Davronov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Alisher Fayziev
Gollar: Sunnatillo Abdug‘aniev, 19 (1:0), Sarvar Ablaev, 37 (2:0), Zufarjon Akbarov, 85 (3:0)
Ogohlantirishlar: Sunnatillo Abdug‘aniev, 4, Ixtiyor Xolmo‘minov, 56 – yo‘q.
BUNYoDKOR - QIZILQUM – 1:0 (0:0)
Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni. 24 tomoshabin.
Hakamlar: G‘ayrat Jo‘raev, Islom Azimov, Sherzod A’zamov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Sardor Qudratullaev
Gol: Sudaysi Jo‘raboev, 70 (1:0)
Ogohlantirish: Yo‘q - Diyor Rahmatullaev, 25.