
Ayollar futboli bo‘yicha 16 yoshlilar chempionatida 12-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Vodiy derbisida “Andijon” “Neftchi” bilan kuch sinashdi. Avvalgi o‘zaro to‘qnashuvlarda bo‘lgani kabi bu gal ham farg‘onaliklarning qo‘li baland keldi. “Neftchi”ning asosiy raqobatdoshi AGMK-2 ham g‘alaba qozondi, qozonganda ham yirik hisob qayd etdi. Olmaliqliklar termizliklar darvozasiga ettita to‘p kiritishdi va o‘z darvozalaridan bitta gol o‘tkazib yuborishdi.
Ayollar Birinchi ligasi.
12-tur. 3 noyabr, chorshanba. Toshkent.
ANDIJON – NEFTChI – 0:3 (0:0). 11 tomoshabin.
Hakamlar: Husnora Jumaeva, Kristina Sereda, Mohirabonu Muralieva
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Qudrat Madraimov
Gollar: Sitora Nishonova (51), Gulira’no Hasanova (79, 90)
Ogohlantirish: Yo‘q -yo‘q.
AGMK-2 – SURXON – 7:1 (4:0). 15 tomoshabin.
Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Vladimir Nazarov
Gollar: Oydinoy Turg‘unova (3), Sharifa G‘apporova (11), Asal Aminjonova (23, 52, 88), Kamola Umirzoqova (32), Nilufar Turg‘unboeva (67) – Marjona To‘raeva (69)
Amalga oshirilmagan penalti: Marjona To‘raeva (74, “Surxon”)