O‘zbekiston U-16 chempionati. “Odil junior” asosiy tarkibining 5 nafar futbolchisi jamoaga yordam bera olmaydi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mamlakat U-16 chempionati uchrashuvlarini 11-21-noyabr kunlari oralig‘ida o‘tkazishni rejalashtirgandi. Biroq keyinroq CAFA U-15 (2006) terma jamoalari o‘rtasida 17-24-noyabr kunlari Dushanbeda musobaqa tashkil etishga qaror qildi. Unda Server Jeparov boshqaruvidagi o‘smirlarimiz ishtirok etadi. 

CAFA musobaqasi rejasi sabab, O‘zPFL barcha jamoalar qaydnomalariga qayta murojaat qildi. Unga ko‘ra, deyarli barcha jamoalar asosini 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilar tashkil etadi. Faqatgina “Odil junior” musobaqada 1 yosh kichik toifa — 2006-yilda tug‘ilgan futbolchilar bilan o‘ynashni rejalashtirgan. Ammo endilikda jamoaning 5 asosiy futbolchisi terma yig‘iniga jalb etilganidan kelib chiqib, ular faqatgina “Metallurg” jamoasiga qarshi ilk uchrashuvdagina ishtirok etish imkoniyatiga ega. Boisi, Server Jeparov jamoasi 10-noyabr kuni yig‘inga kirishadi. 

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL “Metallurg” — “Odil junior” uchrashuvini 9 noyabr sanasiga ko‘chirdi. Bellashuv 15:00 da “Chig‘atoy” sport bazasida start oladi. Qolgan jamoalar rejasiga qayta o‘zgartirish kiritilmasligi uchun O‘zPFL boshqa uchrashuvlar vaqti va sanasini o‘zgarishsiz qoldirdi. Rejaga ko‘ra, terma yig‘ini hamda O‘zPFL musobaqasi bir-biriga halal bermaydi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb