Coca-Cola Superliga. 25-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlari

Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin o‘tkaziluvchi Coca-Cola Superliga 25-tur uchrashuvlari sanalariga o‘zgartirish kiritildi. 

Ma’lumki, 20-28 noyabr oralig‘ida Coca-Cola Superliganing ikki turi hamda Coca-Cola O‘zbekiston kubogining ½ final bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bunga qadar Coca-Cola O‘zbekiston kubogining yarim final bosqichiga qaysi jamoalar yo‘l olishi haqida ma’lumot bo‘lmaganidan kelib chiqib, so‘nggi tur kabi 25-tur uchrashuvlari ham bir kunga qo‘yilgandi. Ammo bu futbol uchrashuvlarini translyatsiya qilish masalasida noqulayliklar keltirib chiqaradi. 

Shundan kelib chiqib, Coca-Cola O‘zbekiston kubogining yarim finali doirasida maydonga tushadigan klublar ishtirokidagi 25-tur uchrashuvlari avvalgidek 20 noyabr sanasida bo‘lib o‘tadi. Qolgan jamoalar ishtirokidagi o‘yinlar esa 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Coca-Cola Superliga. 25-tur

20 noyabr, shanba

14:00 QO‘QON-1912 — AGMK 

14:00 SO‘G‘DIYoNA — NASAF

16:15 LOKOMOTIV — PAXTAKOR

16:15 BUNYoDKOR — SURXON

21 noyabr, yakshanba 

14:00 ANDIJON — NAVBAHOR

14:00 MASh’AL — QIZILQUM

16:15 METALLURG — TURON.

mib
uzcard
cola
apex
bmb