
Poytaxtdagi “Chig‘atoy” stadionida Ayollar futboli bo‘yicha Birinchi liga o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning 11-tur doirasida ikkita uchrashuv o‘tkazildi. Dastlab maydonga AGMK va “Dinamo” jamoalari tushishdi. Deyarli teng krashlar ostida o‘tgan o‘yinning ikkinchi bo‘lim oxirlaridagina olmaliqliklar ikkita gol urishib, uch ochkoni “ilib” ketishdi va turnir jadvalining yuqorisidan joy olishdi. Ikkinchi o‘yinda esa durang natija qayd etildi. “Surxon” va “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv qaydnomasida ikkala jamoa tarkibidan bir nafardan futbolchi almashganini inobatga olmaganda, boshqa hech qanday yozuv yozilmadi – na gol va na
ogohlantirishlar...
Ayollar futboli. Birinchi liga.
11-tur. 1 noyabr, dushanba. Toshkent.
AGMK – DINAMO – 2:0 (0:0). 23 tomoshabin.
Hakamlar: Husnora Jumaeva, Kristina Sereda, Mohirabonu Muralieva
Komissar: Qudrat Madraimov
Gollar: Sharifa G‘apporova (74), Zuhra Tursunalieva (87)
Ogohlantirish: Ziyoda Omonqulova (69) – yo‘q.
SURXON – ANDIJON – 0:0. 17 tomoshabin.
Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova
Nazoratchi: Ro‘zim Davlatmurodov
Komissar: Vladimir Nazarov
Ogohlantirish: Yo‘q -yo‘q.