AGMK-W va “Sevinch” mavsumni 9-noyabr sanasida yakunlaydi

O‘zbekiston ayollar futboli chempionati shu yilning 18-noyabr sanasida yakuniga yetadi. So‘nggi turda “Sevinch” AGMK-W bilan bahs yuritsa, “Bunyodkor-W” esa Jizzaxda mehmon bo‘lishi kerak edi.

Aslida O‘zPFL rejasi biroz boshqacharoq bo‘lib, chempionat ertaroq yakunlanishi lozim edi. Biroq O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov Osiyo chempionati saralashi sabab o‘z rejalarini o‘zgartirdi. Oqibatda, mavsum yakuni surildi. Bunda “Bunyodkor-W” jamoasining klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etishi masalasi ham inobatga olindi.

Hozirgacha “Sevinch” va AGMK-W jamoalarida nazariy jihatdan dastlabki ikki o‘rinni egallash imkoniyati qolmadi. Shundan kelib chiqib, ular 18-noyabr kuni o‘tkazilishi lozim bo‘lgan so‘nggi turni 9-noyabrga belgilash bo‘yicha taklif bilan chiqdi va O‘zPFL buni qabul qildi. Sababi mazkur holat har ikki jamoaga mablag‘ tejash imkoniyatini taqdim etadi.

Ma’lumki, O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh sovrin uchun ham chempionatda bo‘lgani kabi Toshkent va Jizzax jamoalari kurashadi. Shundan kelib chiqilsa, Olmaliq va Qarshi jamoalari futbolchilari tanaffusga ertaroq chiqishida hech qanday savol yuzaga kelmaydi. Shuningdek, B jadvalidan o‘rin olgan jamoalar ham so‘nggi turni 9-noyabr kuni o‘tkazadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb