
Bir necha daqiqa oldin Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” stadionida O‘zbekiston kubogi chorak finalining so‘nggi o‘yini yakuniga etdi. O‘z maydonida “Nasaf” jamoasini qabul qilgan “So‘g‘diyona” qarshilik Shoxmalik Komilovning penaltidan urgan yagona goli evaziga mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa yarim finalning barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi. 24 noyabrga belgilangan yarim final uchrashuvlarida “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, AGMK esa “Nasaf” jamoasi bilan o‘zaro kuch sinashadi. Juftlik g‘oliblari finalga yo‘llanma oladi.
O‘zbekiston Coca-Cola kubogi.
Chorak final. 29 oktyabr, juma
SO‘G‘DIYoNA – NASAF - 0:1 (0:0)
Jizzax. "So‘g‘diyona" stadioni. 2450 tomoshabin.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Ilya Ilin
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.
Gol: Shohmalik Komilov, 54-pen. (0:1).
"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Elyor Orifov, Ayubxon No‘’monov (Bahodir Nasimov, 63), Iskandar Shaykulov (Jasur Hakimov, 81), Jamshid Boltaboev, Shohruz Norxonov (Darko Stanoevich, 82), Shahboz Jo‘rabekov, Ergash Ismoilov (Javohir Qahramonov, 46), Luka Chermel, Sahob Rashidov (Jasur Hasanov, 46), Marko Kolakovich.
"Nasaf": Azamat Soyibov, Alibek Davronov, G‘olib G‘aybullaev, Murodbek Rahmatov (Bahrom Abdurahimov, 68), Doniyorjon Narzullaev (Oybek Bozorov, 68,), Jo‘rabek Mannonov, Husayn Norchaev (Andriya Kaluderovich, 68), Suhrob Nurulloev, Sherzod Nasrullaev, Shohmalik Komilov (Umarbek Eshmurodov, 86), Marko Stanoevich (Akmal Mozgovoy, 68)
Ogohlantirishlar: Sahob Rashidov, 24, Ayubxon No‘’monov, 40, Luka Chermel, 42, Jamshid Boltaboev, 65, Iskandar Shaykulov, 70, Elyor Orifov, 85, Javohir Qahramonov, 90+4 - Azamat Soyibov, 56, G‘olib G‘aybullaev, 73, Bahrom Abdurahimov, 76, Suhrob Nurulloev, 90+3.