U-23 Osiyo chempionati sabab “Olimpik” — “Neftchi” o‘yini 2 kun keyin bo‘lib o‘tadi

Pro liga 22-turidan o‘rin olgan “Olimpik” — “Neftchi” uchrashuvi 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Mazkur uchrashuv mezbonlar so‘roviga ko‘ra 8-noyabr kuniga surildi.

Ayni vaqtda Temur Kapadze boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatining saralash bosqichida ishtirok etmoqda. OFK avvaliga uchrashuvlarni 25-31-oktyabr kunlariga rejalashtirgandi. Keyinroq saralash o‘yinlari 2-noyabr sanasida yakuniga yetadigan qilib o‘zgartirildi.

Pro liganing kuchli uchligidan joy olish uchun “Nurafshon” bilan raqobat olib borayotgan “Olimpik” jamoasi “Neftchi”ga qarshi bellashuvga qadar tayyorgarlik uchun yana ikki kun vaqt so‘ragan. Boisi “Olimpik” murabbiylar shtabining 5 nafar vakili, shuningdek, 15 nafar futbolchi terma yig‘iniga jalb etilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb