U-21. Bugun yoshlarda durang, ertaga kattalardachi?

21 yoshlilar o‘rtasidagi mamlakat chempionatining 23-turi “Andijon” va “”Nasaf” jamoalari o‘yini bilan nihoyasiga etdi. Uchrashuvda durang natija qayd etildi. Bunda qarshiliklarning ham o‘ziga xos “hissasi” bor, negaki, o‘z darvozalariga kiritilgan gollardan biri avtogol tariqasida yozildi. Bugun Andijon va qarshilik yoshlarning kuchi teng keldi, ertaga tashkil etiladigan kattalar – asosiy tarkibning natijasi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. To‘g‘rida, “Nasaf” sovrindorlar safiga “ilinish” uchun borini berayotgan bo‘lsa, “Andijon” kuchlilar qatorida “jon saqlab” qolishga “jonini tikyapti”.

 

 

U-21. 23-tur.

24 oktyabr, yakshanba

 

ANDIJON – NASAF – 2:2 (2:1)

Andijon. “Bobur Arena” stadioni. 120 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Abdulhamid Abduraimov, Oyatullo Hakimov

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: Mardon Abdullaev, 32 (1:0), Zafar Hakimov, 37 (1:1), Jasur Jumaev, 45-o‘z darv. (2:1), Sherali Rasulov, 49 (2:2)

Ogohlantirishlar: Xojiakbar Mo‘minov, 56 – Mirjalol Qosimov, 28.

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb