21 yoshlilar chempionatining 23-tur doirasida bitta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qilgan “So‘g‘diyona” bitta to‘p farqi bilan imkoniyatni boy berdi. “Sherlar” bu yutug‘i bilan turnir javdalida to‘rt pog‘ona yuqorilashga va uchinchi o‘ringa ko‘tarilishga erishdi. Ayni paytda AGMKning allaqachon chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lganini inobatga olmaganda, kichik kumush va bronza medallari uchun ettita jamoa kurash olib boryapti. “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Mash’al” jamoalarida 38 tadan ochko bor. Bularni faqat “Nasaf” quvib o‘tishi mumkin. Qachonki “ajdarlar” ertaga “burgutlar”ni taslim eta olsalar.
U-21. 23-tur.
23 oktyabr, shanba
SO‘G‘DIYoNA – PAXTAKOR – 1:2 (0:1)
Jizzax. “So‘g‘diyona” qarorgohi maydoni. 59 tomoshabin.
Hakamlar: Ravshan Abdivohidov, Bekjon Begaliev, Bexruz Berdibekov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Bekzod Aripov
Gollar: Botir Irismetov, 36-pen. (0:1), Jamshid Akmalov, 70 (1:1), Rustam Turdimurodov, 88 (1:2)
Ogohlantirishlar: Nodirjon Orziqulov, 18, Nurmuhammad Sayimnazarov, 53, Iskandar Toshmurodov, 82, Jamshid Akmalov, 90+4 – Diyorbek Ortiqboev, 80, Izzatillo Po‘latov, 90+3.