
Ayollar futboli bo‘yicha mamlakat chempionati oliy ligasining ikkinchi bosqich 19-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Yuqori va quyi beshlik jamoalarining o‘zaro o‘yinlarida mehmonlarning g‘alabasi kuzatilmadi. Sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotganlar safida “So‘g‘diyona”, ligada “jon saqlash” maqsadida maydonga tushayotganlar orasida “Nurafshon” jamoalari bu turda dam olishdi. Mavsum boshida ancha ochko yo‘qotgan “Sevinch” birinchi bosqichning so‘nggi turlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi va shu shijoatini ikkinchi bosqichda ham davom ettiryapti. O‘z maydonida chempionlikka asosiy da’vogarlardan biri, amaldagi chempion “Bunyodkor”ni qabul qilgan qarshiliklar Nilufar Qudratovaning o‘yin boshidayoq kiritgan goli evaziga g‘alaba qozondi. AGMK esa “Metallurg”ni qabul qildi va bitta to‘p farqiga oldinda borib, ikkinchi bo‘lim o‘rtasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborishi evaziga ikki ochkodan mahrum bo‘ldi. “So‘g‘diyona” bu turda dam olgan bo‘lsada, peshqadamlik mavqeini berib qo‘yganicha yo‘q. “Lokomotiv” va “Paxtakor” uchrashuvida paxtakorchilar safida Zumrad Nazarovaning chetlatilishi jamoadoshlariga qimmatga tushdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida gol o‘tkazib yuborgan “Paxtakor” ikkinchi bo‘limda kamchilik evaziga raqib darvozasini nishonga ola bilmadi. “Qizilqum”ning “Navbahor”ni engishi qiyin bo‘lmaganga o‘xshadi. Sababi, namanganliklar uzoq yo‘l yurib kelib darxol maydonga tushishdi, buning ustiga zaxirada bir nafar futbolchidan boshqasi yo‘q edi. Zaxiradan maydonga tushgan yagona o‘yinchi Nargiza Abdurasulova haqiqatdan ham tajribali futbolchi ekanligini isbotladi – bitta bo‘lsada gol urishga erishdi. “So‘g‘diyona” maydonga tushmay birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Navbahor” uch ochko yo‘qotib ham quyi beshlik orasida peshqadamligini saqlab turibdi.
Ayollar Oliy ligasi. 19-tur
19 oktyabr, seshanba
SEVINCh – BUNYoDKOR-W – 1:0 (1:0)
Qarshi. “Mehnatchi” stadioni. 56 tomoshabin.
Hakamlar: Rustam Choriev, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Komissar: Alisher Fayziev
Gol: Nilufar Qudratova (2).
“Sevinch”: Maftuna Jonimqulova, Laylo Shodieva, Maftuna Shoyimova, Ana Alekperova, Gulzoda Amirova, Shodiya Tosheva (Angelina Polyushkevich, 78), Shaxrizoda Zaynitdinova (Sevara Ro‘zieva, 90+4), Feruza Boboxo‘jaeva, Malika Burxonova, Nilufar Qudratova, Laylo Tilovova
“Bunyodkor W”: Olga Qahhorova, Lyudmila Karachik, Luiza Sadirova, Dildora Nozimova (Ayjan Bo‘ronbekova, 76), Saida Galimova, Umida Zoirova, Dilrabo Asadova, Yulduz Nabieva, So‘g‘diyona Allamurodova, Aziza Norboeva (Nozima Ergasheva, 46), Ilvina Ablyakimova (Gulchehra Eshmurodova, 86)
Ogohlantirishlar: Shahrizoda Zaynitdinova (10) – So‘g‘diyona Allamurodova (35).
AGMK-W – METALLURG-W – 1:1 (1:0)
Olmaliq. AGMK stadioni. 108 tomoshabin.
Hakamlar: Anna Sidorova, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova
Nazoratchi: Mo‘minjon Majidov
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Kamila Zaripova (33) – Setora Takaboeva (74)
AGMK: Nilufar Qurbonalieva, Darina Fedosenko, Kamila Zaripova, Leyla Oraniyozova, Munisa G‘iyosova (Sevinch Qo‘chqorova, 73), Shohida Tojiddinova (Nodira Yo‘ldosheva, 87), O‘g‘iloy Ilasheva, Maftuna Panjieva, Aygerim Otenazarova, Feruza Turdiboeva, Orasta Tojiboeva
“Metallurg”: Gulandon Boymatova, Muxlisa Mirzayorova, Moxira Jo‘raboeva, Diyora Jo‘raboeva, Aynur Daulbaeva, Rushaniya Safina, Yulduz Hamdamova, Durdona Alieva (Ozoda Xojieva, 36), Ro‘zixon Asqarova (Setora Takaboeva, 55), Nozima Kamoltoeva, Oybarchin Turg‘unova
Ogohlantirishlar: Yo‘q – Oybarchin Turg‘unova (21), Moxira Jo‘raboeva (28), Gulandon Boymatova (53).
LOKOMOTIV-W – PAXTAKOR-W – 1:0 (1:0)
Toshkent. TTYMI stadioni. 25 tomoshabin.
Hakamlar: Husnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova
Nazoratchi: Andrey Tambovtsev
Komissar: Ravshan Mavlonov
Gol: Oysara Suyunova (28)
“Lokomotiv”: Kamila Yumangulova, Zebiniso Xalimova, Gulzoda Saidova, Dildora Ergasheva, Fazilat Bahromova, Jesika Kruchinina, Nodira Iskandarova, Oysara Suyunova, Jasmina Abdug‘anieva, Omadxon Sultonova, Laylo Tosheva (Dinora Payziqulova, 69)
“Paxtakor”: Nigora Uzganova, Madina Abduraimova, Alisa Zaxarenko, Malika Xalilova (Zuhra Baxriddinova, 73), Dinara Tagirova, Madina Vohidova, Lidiya Tsema, Umida Xotamova, Durdona Baxtiyorova, Maxzuna Abdukarimova, Zumrad Nazarova
Ogohlantirishlar: Dildora Ergasheva (63) – Durdona Baxtiyorova (16), Madina Abduraimova (66)
Chetlatish: Yo‘q - Zumrad Nazarova (63).
QIZILQUM-W – NAVBAHOR-W – 2:1 (1:0)
Navoiy. “Yoshlik” stadioni. 23 tomoshabin.
Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Gulshoda Saidqulova, Laylo Jalolova
Nazoratchi: Abdurahmon Qo‘ldoshev
Komissar: Rustam Zuparov
Gollar: Albina Boboqulova (35), Feruzaxon Jo‘raboeva (78) – Nargiza Abdurasulova (73)
“Qizilqum”: Shaxnoza Karimova, Baxtishod To‘xtaeva (Farichehra Abduvoxidova, 68), Zarina Boboeva, Feruzaxon Jo‘raboeva, Maftuna Jo‘raeva, Albina Boboqulova, Oygul Yoqubova (Gulchiroy Ibrohimova, 16), Madina Kamoltoeva, Omadoy Mingboeva, Chiroygul Dehqonova, Dilafruz Toshpo‘latova (Shaxzoda Jamolova, 59)
“Navbahor”: Hurmatoy Kamolxo‘jaeva, Madina Xikmatova, Nilufar Dadajonova, Zarina Xo‘jaeva, Tojiniso Rashidova, Sarvinoz Komiljonova, Muharram Abdullaeva (Nargiza Abdurasulova, 61), Muqaddam Abdullaeva, Mavluda Munavvarova, Shohida Ergasheva, Zuhraxon Abdurahimova
Ogohlantirishlar: Baxtishod To‘xtaeva (68), Feruzaxon Jo‘raboeva (87) – Muharram Abdullaeva (51).