U-18. “Lokomotiv” g‘alabasi bilan olti pog‘ona yuqoriladi

18 yoshlilar chempionatining 19-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Sakkiz uchrashuvning teng yarmida mehmonlarning g‘alabasi qayd etildi, birorta ham durang kuzatilmadi. Safarda yirik hisob bilan yutuqqa erishish “Mash’al” va “Olimpik”ka nasib etdi. Muborakliklar bekobodliklar, toshkentliklar esa g‘uzorliklar darvozasiga uch-to‘rttadan to‘p kiritishdi. Toshkent  “derbi”sida safarda “Bunyodkor”ni mag‘lub etgan “Lokomotiv” turnir jadvalida olti pog‘ona yuqorilab, ayni paytda sakkizinchi o‘rinni band etib turibdi. Ayni shu o‘yinda bosh hakam bir necha bor sariq va qizil kartochkalarga murojaat etishga majbur bo‘ldi va kartochkalarning aksariyati “Bunyodkor” tomonga ko‘rsatildi – etta nafar futbolchi, bir nafar murabbiy, yana bir futbolchi esa ikkinchi sariq bilan maydonni tark etdi ham. “Andijon” – “Surxon” o‘yinida ham o‘nta sariq kartochka “taqdim etildi” – beshtasi andijonliklarga, yana shunchasi termizliklarga “in’om etildi”. Tur doirasidagi “Istiqlol” – “Nurafshon” va “Nasaf” – “Turon” jamoalari o‘yinlari 21 oktyabrga, “Paxtakor” va “Neftchi” uchrashuvi  esa no’malum kunga ko‘chirildi.

 

U-18 Chempionati.

19-tur. 17 oktyabr, yakshanba

 

DINAMO – QIZILQUM – 3:0 (2:0)

Samarqand. BO‘MFSM maydoni. 15 tomoshabin.

Hakamlar: Sardor Hakimov, Jahongir Bozorov, Abror To‘ychiev

Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov

Komissar: Alisher Ahmedov

Gollar: Aziz Ahmedov (23), Vohidjon Oqbo‘taev (5, 48)

Ogohlanti rish: Yo‘q – Damir Abdullaev (75).

 

18 oktyabr, dushanba

 

AGMK – XORAZM – 2:1 (1:0)

Olmaliq. AGMK sun’iy maydoni. 23 tomoshabin.

Hakamlar: Husan Xudoyberdiev, Husniddin O‘rolov, Ilhom Abdulakov

Nazoratchi: Andrey Tambovtsev

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Islom To‘raxonov (39), Bexruz Jumaev (67-pen.) – Jamshid Zaripbaev (59-pen.)

Ogohlantirishlar: Bobur Abdurahmonov (6), Murodbek Sobirov (68) – Arturbek Sa’dullaev (63).

 

METALLURG – MASh’AL – 0:4 (0:1)

Bekobod. “Tsementchi” maydoni.

Hakamlar: Dostonbek Rahmonov, Alisher Rahimqulov, Ayder Yakubov

Nazoratchi: Baxtiyor Yulcharaev

Komissar: Dauletbay Jalimov

Gollar: Begmurod Akramov (13), Og‘abek Mamatov (48), Shohruh Oqmirzaev (68), Bezruzbek Oblaqulov (90+1)

Ogohlanti rishlar:  Jamol Rahimov (44), Bahodir Abdumo‘minov (85) - Farruh Toshpo‘latov (33).

 

BUNYoDKOR – LOKOMOTIV – 0:1 (0:0)

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni. 37 tomoshabin.

Hakamlar: Nikita Mustafin, Islom Azimov, Sherzod A’zamov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gol: Abdulloh Yo‘ldoshev (89)

Ogohlantirishlar: O‘tkir Rahimov (17), Maqsud Mahmudov (31), Shoa’zam Yusupov (38), Muhammadbobur Asadullaev (42), Firdavs Kenjaev (64, murabbiy), Ibrohim Bahodirov (80), Mashhur Bahodirov (87), Shohruh Muxsinov (90+2) – Abdulaziz Abdullaev (33), Ulug‘bek Sunnatov (90+4)

Chetlatish: Muhammadbobur Asadullaev (49, ikkinchi sariq) - yo‘q.

 

ANDIJON – SURXON – 2:1 (0:1)

Andijon. “Bobur arena” stadioni. 137 tomoshabin.

Hakamlar: Xushnud Suyunboev, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Nazoratchi: Toir Nizomov

Komissar: Azizbek Ismatullaev

Gollar: Aslbek Aysarov (55-pen.), Odiljon Obidov (84) – Oybek Gazarov (45+1)

Ogohlantirishlar: Muhammadbobur Qodirov (32), Aslbek Aysarov (65), Abduvohid Oxtoev (74), Muhammadrizo Abbosxonov (83), Odiljon Obidov (90) – Iskandar Musurmonov (11), Jamshid Saydullaev (21), Husan Abdurahmonov (66), Ararat Bagdasarov (69), Suhrob Umaraliev (87)

Chetlatish: Yo‘q – Iskandar Musurmonov (60, ikkinchi sariq).

 

QO‘QON-1912 – YaNGIER – 3:0 (1:0)

Qo‘qon. BO‘SM-2 maydoni. 98 tomoshabin.

Hakamlar: Shohruh A’zamov, Abubakr Hasanov, Shohruh Shokirov

Nazoratchi: Erkinjon Oripov

Komissar: Ravshan Mirzakarimov

Gollar: Habibjon Sharipov (2-pen.), Muhammaddiyor Inomjonov (60), Dilyorjon Baxtiyorov (76)

Ogohlantirishlar: Izzatillo Ahmadjonov (33) – Turdibek Omonov (20), Dilshod Kurakboev (67).

 

SO‘G‘DIYoNA – NAVBAHOR – 1:2 (0:0)

Jizzax. “So‘g‘diyona” qarorgohi maydoni. 34 tomoshabin.

Hakamlar: Muzaffar Fayzullaev, Mahmud Turdiev, Muhammadjon A’zamov

Nazoratchi: Shuhrat Karimov

Komissar: Feruzbek G‘aniev

Gollar: Jahongir Alamov (63-o‘z darv., 68) – Asad Jo‘raboev (53)

Ogohlantirishlar: Javlon Abduvahobov (70) – Jasur O‘rinboev (71).

 

ShO‘RTAN – OLIMPIK – 0:3 (0:1)

G‘uzor. BO‘SM maydoni. 35 tomoshabin.

Hakamlar: Artem Kalinin, Elnur Doniyorov, Izzat Usmonov

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Elbek Jo‘raev

Gollar: Usmon Ikromov (16), Farruh Kamolov (58), Temur Telegenov (90+3)

Ogohlantirishlar: Choriyor Tursunqulov (53), Asilbek Ergashev (70) – Usmon Ikromov (13).

mib
uzcard
cola
apex
bmb