Farg‘onaning “Samo” sport majmuasida deyarli bir hafta davom etgan futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining birinchi tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Birinchi tur yakunlariga ko‘ra uch o‘yindan yuz foizli natija qayd etgan “Lokomotiv” jamoasi turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. “Paxtakor” jamoasi ikki yutuq va bir durang bilan ikkinchi o‘rinni band etib turibdi. “Huaxin”, “Maksam-Chirchiq”, “Metallurg” va AGMK jamoalarida oltitadan ochko bor. Uch uchrashuvdan birorta ham ochko ola bilmagan yagona jamoa “Stroitel-Zarafshon” bo‘ldi.
1-tur. Oltinchi kun. 14 oktyabr, payshanba
STROITELЬ-ZARAFShON – MAKSAM – ChIRChIQ – 0:9 (0:3)
Gollar: Javlon Anorov (1, 3), Husanxon G‘aniev (16, 40), Sirojiddin Shokirov (22, 29), Odiljon Asomov (24), Abdulla Muyassarov (34), Timur To‘raqulov (40)
Ogohlantirishlar: Yo‘q – yo‘q.
DINAMO – NAVBAHOR – 2:1 (1:1)
Gollar: Qosimjon Safarov (19), Daler Eshonqulov (30) – Ilyos Mallaev (9)
Ogohlantirishlar: Nurillo Toshtemirov (5), Mehroj Xudoyberdiev (33) – Ahmadjon Mamadaliev (13).
PAXTAKOR – METALLURG – 3:1 (3:1)
Gollar: Feruz Faxriddinov (3), Muhammad Zoirov (10), Akmal Elmurodov (20) – Farhod Qodirov (10)
Ogohlantirishlar: Yo‘q – Ilhom Rajabov (2), Temur Saydullaev (11), Sanjar Ziyoxonov (32)
Chetlatish: Yo‘q – Sanjar Ziyoxonov (39, ikkinchi sariq).