
Ayollar futboli bo‘yicha mamlakat chempionati oliy ligasida 18-tur o‘yinlari bilan birinchi bosqichga yakun yasaldi. Turning markaziy uchrashuvida “Bunyodkor” o‘z maydonida turnir jadvali peshqadami “So‘g‘diyona”ni qabul qildi. Tezkor, murosasiz o‘yinda “qaldirg‘ochlar” raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Har ikkala golga ham Dildora Nozimova mualliflik qildi. Jizzaxliklar garchi uch ochko yo‘qotishsada birinchi pog‘onadan pastlamadi, aksincha, “Bunyodkor” bilan ikki ochkoli farqni saqlab qoldi. O‘z maydonlarida “Metallurg” “Lokomotiv”ni, AGMK “Qizilqum”ni ortlariga ochkosiz kuzatib qo‘yishdi, “Nurafshon” va “Navbahor” uchrashuvida durang qayd etildi, safarda yutuqqa erishish birgina “Sevinch”ga nasib etdi – “Paxtakor” ustidan yirik hisobda ustun keldi. Shu tariqa musobaqaning ikkinchi bosqichida “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor”, “Sevinch”, AGMK va “Metallurg” sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettirishsa, “Navbahor”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nurafshon” va “Qizilqum” jamoalari ligada “jon saqlash” uchun kurashadi.
Ayollar Oliy ligasi. 18-tur
12 oktyabr, seshanba
METALLURG-W - LOKOMOTIV-W – 5:1 (4:1)
Bekobod. “Metallurg” stadioni. 34 tomoshabin.
Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Gulshoda Saidqulov, Laylo Jalolova
Nazoratchi: Fayzulla Hasanov
Komissar: Yuliya Panina
Gollar: Nozima Kamoltoeva (2, 38), Ro‘zixon Aqsarova (5, 8), Mohira Jo‘raboeva (66) – Nodira Iskandarova (45-pen.)
“Metallurg-W”: Gulandon Boymatova, Muxlisa Mirzayorova (Nazima Kasimbekova, 75), Mohira Jo‘raboeva, Diyora Jo‘raboeva, Setora Takaboeva (Maftuna Jo‘raeva, 55), Aynur Daulbaeva, Rushaniya Safina (Ozoda Xojieva, 55), Yulduz Hamdamova (Barchinoy Eshmurodova, 72), Ro‘zixon Asqarova, Nozima Kamoltoeva, Oybarchin Turg‘unova (Durdona Alieva, 75)
“Lokomotiv-W”: Kamila Yumangulova, Dinora Xudoynazarova, Zebiniso Xalimova, Gulzoda Saidova, Dildora Ergasheva, Fazilat Bahromova, Jesika Kruchinina (Jasmina Abdug‘anieva, 12), Nodira Iskandarova, Oysara Suyunova, Omadxon Sultonova (Noila Yo‘ldosheva, 80), Dinora Payziqulova (Laylo Tosheva, 60)
Ogohlantirishlar: Yulduz Hamdamova (53) – Oysara Suyunova (82).
NURAFShON-W – NAVBAHOR-W – 1:1 (1:1)
Buxoro. “Umid” stadioni. 35 tomoshabin.
Hakamlar: Ahmadjon Ergashev, Muhammadali Baxtiyorov, Mohira Muralieva
Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Nitaya-Roj Kunnosa (8) – Nilufar Dadajonova (37)
“Nurafshon-W”: Nozigul G‘iyosova, Sohiba Seytmirova, Nilufar Umarova, Nigina Haydarova, Nitaya-Roj Kunnosa, Farzona Shonazarova, Sitora Pirnazarova, Komila To‘xtasinova, Charos G‘anieva (Dinora Sadaqulova, 81), Shaxnoza Yusupova, Nargiza Rahimova (Shaxzoda Rashidova, 25)
“Navbahor-W”: Hurmatoy Kamolxo‘jaeva, Madina Hikmatova, Nilufar Dadajonova, Zarina Xojieva, Tojiniso Rashidova, Sarvinoz Komiljonova (Muharram Abdullaeva, 87), Mavluda Munavvarova, Marxabo Jo‘raboeva, Shohida Ergasheva (Sohiba Meliboeva, 89), Gulnora Davronova, Zuhraxon Abdurahimova
Ogohlantirishlar: Shaxnoza Yusupova (20), Sohiba Seyitmirova (48), Komila To‘xtasinova (90) – Tojiniso Rashidova (73), Marxabo Jo‘raboeva (84), Zarina Xo‘jaeva (90+3).
BUNYoDKOR-W – SO‘G‘DIYoNA-W – 2:0 (2:0)
Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni. 125 tomoshabin.
Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylalov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev
Komissar: Sherzod Rajabov
Gollar: Dildora Nozimova (38-pen., 41)
“Bunyodkor-W”: Olga Qahhorova, Kamola Risqieva, Lyudmila Karachik, Luiza Sadirova, Dildora Nozimova (So‘g‘diyona Allamurodova, 90+2), Saida Galimova, Umida Zoirova, Dilrabo Asadova, Yulduz Nabieva, Aziza Norboeva (Nazima Ergasheva, 87), Ilvina Ablyakimova
“So‘g‘diyona-W”: Kumushoy G‘ulomova, Nafisa Nabiqulova, Iroda Turdalieva, Rosacharne Periale, Maxliyo Sariqova, Fuseina Mumuni, Tanzilya Zarbieva, Xolida Dadaboeva, Diyora Xabibullaeva, E’zoza Sharipova (O‘g‘iloy Qo‘chqorova, 58), Alberta Ahialey (Zarina Matkarimova, 64)
Ogohlantirishlar: Umida Zoirova (68), Kamola Risqieva (76) – Xolida Dadaboeva (35), Iroda Turdalieva (88), Nafisa Nabiqulova (90+4).
AGMK-W – QIZILQUM-W – 2:1 (0:1)
Olmaliq. “Metallurg” stadioni. 25 tomoshabin.
Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova
Nazoratchi: Shuhrat Karimov
Komissar: Qudrat Madraimov
Gollar: Leyla Rustullaeva (49), Kamila Zaripova (63) – Albina Boboqulova (41)
AGMK-W: Nilufar Qurbonalieva, Darina Fedosenko, Leyla Oraniyozova (Kamila Zaripova, 46), Munisa G‘iyosova, Leyla Rustullaeva, Sevinch Qo‘chqorova, Shohida Tojiddinova, O‘g‘iloy Ilasheva, Maftuna Panjieva, Aygerim Otenazarova (Feruza Turdiboeva, 46), Orasta Tojiboeva (Mardona Almatova, 80)
“Qizilqum-W”: Shaxnoza Karimova, Baxtishod To‘xtaeva (Mohinur Qo‘zieva, 84), Feruzaxon Jo‘raboeva, Maftuna Jo‘raeva, Albina Boboqulova, Shaxzoda Jamolova (Nilufar Murodova, 84), Oygul Yoqubova, Madina Kamoltoeva, Omadoy Mingboeva, Chiroygul Dehqonova (Zarina Boboeva, 65), Dilafruz Toshpo‘latova (Farichehra Abduvohidova, 72)
Ogohlantirishlar: Leyla Oraniyozova (45+2), Orasta Tojiboeva (76), Leyla Rustullaeva (82) - Omadoy Mingboeva (34), Baxtishod To‘xtaeva (64), Zarina Boboeva (82).
PAXTAKOR-W – SEVINCh – 0:3 (0:3)
Toshkent. “Chilonzor” sun’iy maydoni. 27 tomoshabin.
Hakamlar: Anna Sidorova, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova
Nazoratchi: Irina Kutsillo
Komissar: Nigora Abidova
Gollar: Gulzoda Amirova (4, 24), Maftuna Shoyimova (9)
“Paxtakor-W”: Nigora Uzganova, Madina Abduraimova, Alisa Zaxarenko (Guljamol Normatova, 83), Dinara Tagirova, Madina Vohidova, Lidiya Tsema, Umida Xotamova, Durdona Baxtiyorova, Maxzuna Abdukarimova, Ekaterina Salnikova, Zebiniso Avliyoqulova
“Sevinch”: Maftuna Jonimqulova (Nilufar Baxtiyorova, 80), Sevara Ro‘zieva (O‘g‘iloy Saydullaeva, 82), Laylo Shodieva, Maftuna Shoyimova, Ana Alekperova, Gulzoda Amirova, Shodiya Tosheva, Shahrizoda Zaynitdinova, Malika Burxonova, Nilufar Qudratova (Angelina Polyushkevich, 46), Laylo Tilovova
Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.