Futzal. Oliy liga. “Boy” tarkibga ega “Huaxin” “Lokomotiv”ga mag‘lub bo‘ldi

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida davom etayotgan futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining 1-tur ikkinchi kungi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Shu kuni turda “markaziy” maqomidagi uchrashuv yo‘qdek ko‘ringandi. Biroq tarkibini deyarli mamlakat terma jamoasi a’zolari evaziga boyitib olgan  Jizzaxning “Huaxin” jamoasi kutilmaganda “temriyo‘lchilar”ga, buning ustiga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.  Jizzaxliklar birinchi bo‘limda ikkita to‘p farqi bilan engilayotgani etmaganidek uchinchi golni o‘z darvozalariga kiritib qo‘yishdi. Ikkkinchi bo‘limda toshkentliklar yana ikkita gol urishdi. Faqat so‘nggi daqiqalardagina Farhod Abdumavlonov jamoadoshlarining yagona goli muallifi bo‘la oldi xolos. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida “Huaxin” bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bugun omad kelmaganligi, o‘yinda tashabbuskor bo‘lganligi bilan necha bor berilgan zarbalari golga aylanmaganligi bilan izoh bera oldi xolos. AGMK ham “Bunyodkor”ni yirik hisobda yutdi. “Neftchi” va “Nasaf” o‘yinida kuchlar teng keldi. Qiziq tomoni, har ikkala tomon kiritilgan gollar bir daqiqaning o‘zida amalga oshirildi.  

 

Futzal. Oliy liga

Farg‘ona. “Samo” s.m.

1-tur. Ikkinchi kun. 10 oktyabr, yakshanba

 

BUNYoDKOR – AGMK – 1:5 (1:4)

Gollar: Muhammadbobur Rahmonberdiv (9-pen.) – Avazbek Abduvaliev (4), Davlat Ibragimov (6), Artur Yunusov (9), Muzaffar Ahadjonov (20), Davron Valijonov (34)

Ogohlantirishlar: Islom Salimov (29) -  Davron Valijonov (9), Artur Yunusov (18).

 

NEFTChI – NASAF – 1:1 (1:1)

Gollar: Vladlen Norov (14) – Jasur Halimov (14)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

HUAXIN – LOKOMOTIV – 1:5 (0:3)

Gollar: Anasxon Rahmatov (19-o‘z darv.), Farhod Abdumavlonov (39) – Amir Sa’dillaev (9), Sarvar Shaahmedov (15), Dilmurod Shavkatov (26), Ravshan Eliboev (36)

Ogohlantirishlar: Dilmurod Jumaev (35) – Jamoliddin Normirzaev (26), Akbar Usmonov (31).

mib
uzcard
cola
apex
bmb