Birinchi liganing 21-tur doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Turnir jadvalida eng so‘nggi o‘rinni “band” etib turgan “Jizzax-Bars” o‘z maydonida “Paxtakor-79”ni qabul qildi. Uychiliklar ikki bor hisobda oldinda borishdi, lekin yakunda ikkita to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lishdi. O‘yin davomida kam sonli muxlislar chiroyli gollarga guvoh bo‘lishdi. Ayniqsa “Paxtakor-79” vakili Ramzbek Isaqov va mezbon hujumchisi Javohir Xayrullaevning uzoqdan, kuchli zarbalari evaziga darvozani ishg‘ol etgan gollaridan zavqlanishdi. Xayrullaev bu goli bilan o‘zi tug‘ilgan kuniga ajoyib sovg‘a tayyorlaganini o‘yindan keyin jamoadoshlarining unga nisbatan munosabatlaridan bilish mumkin edi.
Birinchi liga. 21-tur.
9 oktyabr, shanba
JIZZAX-BARS – PAXTKAOR-79 – 4:2 (1:1)
Sh.Rashidov t. “Markaziy” stadion. 55 tomoshabin.
Hakamlar: Ravshan Abdivohidov, Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev
Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar: Ramzbek Isaqov, 13 (0:1), Murodxo‘ja Jabborov, 28 (1:1), Hasanboy Qahhorov, 61 (1:2), Javohir Xayrullaev, 84 (2:2), Islom Meliboev (89, (3:2), Muhammad Yahyoev, 90+1 (4:2)
Ogohlantirishlar: Anvar Narziqulov, 56 – Shahriddin Qo‘ldoshev, 16, Hasanboy Qahhorov, 74, Omadbek Ismoilov, 86, Orifjon Yusupov, 90.