
Termiz shahrida tashkillashtirilgan ayollar futboli bo‘yicha Birinchi liganing 9 va 10-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. “Andijon” va “To‘maris” (Xorzam) jamoalari moliyaviy muammolarini hal etolmagani evaziga kela olmaganligi bois AGMK-2 jamoasi bu turda maydonga tushmadi, bilaks, texnik yutuq evaziga olti ochko ishlab oldi. “”Surxon” va “Dinamo” jamoalari bir marotabadan maydonda saf tortishdi. Faqat “Neftchi”gina ikkita o‘yin o‘tkazdi va har ikkalasida ham g‘alaba qozondi. Ayni paytda AGMK-2 jamoasi o‘zaro o‘yindagi natijaga ko‘ra “Neftchi”ni ortda qoldirgan holda turnir jadvalida birinchi pog‘onada turibdi.
Ayollar futboli. Birinchi liga.
10-tur. 7 oktyabr, payshanba. Termiz.
DINAMO – NEFTChI – 0:1 (0:0)
Hakamlar: Jahongir Noraliev, Nigora Muhammadieva, Shuhrat Mirzaev
Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev
Komissar: Alisher Fayziev
Gol: Gulira’no Hasanova (83)
Ogohlantirishlar: Violetta Kim (16), Sabina Zarubina (66) – Sitora Nishonova (41), Muxlisa Qosimova (86)
SURXON – TO‘MARIS - +:-
AGMK-2 – ANDIJON - +:-