21 yoshlilar chempionatida 21-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Bugunga belgilangan ikkita o‘yinning har ikkalasida ham maydon egalari mag‘lubiyatga uchrashdi. Termizga safar uyushtirgan “Navbahor” “Surxon”ni 3:1 hisobida engan holda turnir jadvalining uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. Navoiyga o‘yindan bir kun oldin etib borgan, mahalliy stadionda mashg‘ulotlar o‘tkazishga ulgurgan “Turon” maydon egalarini 3:2 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalining qoq o‘rtasidan joy olishga erishishdi.
U-21. 21-tur.
2 noyabr, shanba
SURXON – NAVBAHOR – 1:3 (0:1)
Termiz. “Alpomish” stadioni.78 tomoshabin.
Hakamlar: Sardor Ismatullaev, Jahongir Noraliev, Safarali Shaydullaev
Nazoratchi: Ravil Shayaxmetov
Komissar: Bekzod Aripov
Gollar: Taxir Rafaelov, 34 (0:1), Farhod Mamatqulov, 63 (1:1), Shohruh Mahmudxojiev, 84 (1:2), Shohruh Mahmudxojiev, 90+1 (1:3)
Ogohlantirishlar: Yo‘q - Islomjon Abdullaxonov, 60, Shohruh Mahmudxojiev, 66
Chetlatish: Asilbek Temirov, 90 – yo‘q.
QIZILQUM – TURON – 2:3 (1:2)
Navoiy. Karmana sh. “Yoshlik” stadioni. 88 tomoshabin.
Hakamlar: Ravshan Abdivohidov, Sanjar Samandarov, Bunyod Tturdiev
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar: Saidumarxon Sodiqov, 28 (0:1), Asilbek Qayumov, 30 (0:2), Husan Rasulov, 40 (1:2), Asilbek Qayumov, 57 (1:3), Shaxzod Turopov, 90+6-pen. (2:3)
Ogohlantirishlar: Timur Nabiev, 32, Bobomurod Bozorov, 54, Shaxzod Turopov, 72 – Firdavs Chakalov, 26, Abdug‘affor Mahmudov, 72, Asilbek Qayumov, 75, Umidxon O‘ktamaliev, 90+1, Akmal Shavketov, 90+2.