21 yoshlilar chempionati yakunlanishiga besh tur qolganida AGMK jamoasi muddatidan avval chempionga aylandi. Olmaliqliklar bugun “Bunyodkor” maydonida maydon egalarini yirik – 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z maqsadiga erishdi. “Nasaf” ham safarda to‘p surdi va g‘alaba qozondi. “Mash’al” ustidan erishilgan yutuqdan keyin qarshiliklar turnir jadvalining uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Ularning ixtiyorida “Surxon” bilan qoldirilgan yana bir o‘yin bor. Turnir jadvalining quyi pog‘onalarda borayotgan “Andijon” va “So‘g‘diyona” jamoalari uchrashuvida esa hisob ochilmadi.
U-21. 21-tur.
1 noyabr, juma
MASh’AL – NASAF – 0:2 (0:0)
Muborak. B.Vafoev nomli stadion kichik maydoni.
Hakamlar: Davron Akmalov, Suxrob Sattorov, Izzat Usmonov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Jahongir Shermatov, 57 (0:1), Zafarmurod Abdurahmatov, 79 (0:2)
Ogohlantirishlar: Yo‘q – Jahongir Shermatov, 55, Shohmalik Komilov, 65.
ANDIJON – SO‘G‘DIYoNA - 0:0
Andijon. BO‘FM maydoni. 214 tomoshabin.
Hakamlar: G‘ayrat Jo‘raev, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Sherzod Rajabov
Ogohlantirishlar: Muhammadrizo Abbosxonov, 61 – Iskandar Toshmurodov, 83.
BUNYoDKOR – AGMK – 2:5 (1:2)
Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi.
Hakamlar: Husan Muzaffarov, Hasan Nabiev, Daler Tilloev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Jamshid Imamov
Gollar: Nodirbek Abdurazzoqov, 17 (0:1), Alven Fortes, 31 (0:2), Alfayzi Ne’matov, 45-pen (1:2), Mahmud Muhammadjonov, 49 (2:2), Jasurbek Umarov, 65-pen. (2:3), Alvin Fortes, 79-pen. (2:4), Boburbek Sobirov, 90+3 (2:5)
Ogohlantirishlar: Asadbek Qahorjonov, 41, Odiljon Abdurahmonov, 47 - Dilshod Yoqubov, 45, Iskandar Businov, 67, Alvin Fortes, 72, Nodirxon Ne’matxonov, 78.