21 yoshlilar chempionatining 21-turi start oldi. Bugunga belgilangan ikkita o‘yin o‘tkazildi. Qo‘qonga safar uyushtirgan “Paxtakor” maydon egalari bilan durang o‘ynadi – 1:1. O‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qilgan “Metallurg” esa muvaffaqiyatsiz “yurishini” davom ettirdi – 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Durangga erishgan hamda g‘alaba qozongan uch jamoa turnir jadvalida bittadan pog‘onaga ko‘tarilishga erishishdi. Buguncha...
U-21. 21-tur.
30 sentyabr, payshanba
QO‘QON-1912 – PAXTAKOR – 1:1 (1:0)
Qo‘qon. BO‘SM-2 maydoni. 234 tomoshabin.
Hakamlar: Alisher To‘xtasinov, Shohruh A’zamov, Azizbek Isaqov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gollar: Sardorjon Etovqo‘ziev, 21 (1:0), Bexruzbek Asqarov, 81 (1:1)
Ogohlantirishlar: Akbarjon Adhamov, 12, Abdulloh Mirkomilov, 17, Asadbek Qurbonov, 26, Izzatilla Ahmadjonov, 44 – Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 17, Mirkomil Abdurazzoqov, 70, Rustamjon Pozilov, 88.
METALLURG – LOKOMOTIV – 0:2 (0:0)
Bekobod. “Metallurg” stadioni.64 tomoshabin.
Hakamlar: Akmal Rahimov, Ilhom Abdullakov, Akmal Davronov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Gollar: Azamatjon Rasuljonov, 66 (0:1), Asilbek Umirzoqov, 80 (0:2)
Ogohlantirishlar: Akbar Abdirasulov, 18, Shahzodjon Ne’matjonov, 35, Salohiddin Ergashev, 50, Farruhbek Xojibekov, 54 – Javohir Abdualimov, 35, Sherzodjon Komilov, 83.