Birinchi liga. “Neftgazmontaj” – birinchi daqiqada raqib, so‘nggi daqiqada esa o‘z darvozasini “nishonga oldi”

Birinchi liganing 19-tur doirasida so‘nggi o‘yin o‘tkazildi. “Toshkent derbi”sida kuch sinashgan “Neftgazmontaj” va “Bunyodkor-Farm” jamoalari o‘yinida qiziq xolat kuzatildi. Maydon egalari uchrashuvning ilk daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Javohir Temirov birinchi daqiqaning o‘zida gol urdi. Uning bu goli ligada tezkor gol nominatsiyasida, huddi Superligadagi kabi, rekord natijani takrorladi. Ungacha “Jomboy” vakili Nurbek Xoljigitov (8-turda “Lokomotiv-BFK” darvozasiga) va “Chig‘atoy” a’zosi Abdulloh Xikmatov (10-turda “Zomin” darvozasiga) birinchi daqiqada gol urishga muvaffaq bo‘lishgandi. Hisob mehmonlar foydasiga 2:1 bo‘lib turgan bir pallada, bosh hakam qo‘shib bergan daqiqalarning so‘nggisida mezbonlar yana bir gol kiritishdi, faqat raqibga emas, o‘z darvozasiga.

Ikkinchi o‘yin “Zomin” – “Lochin” o‘tkazilmadi. Sababi, chirchiqliklar Zominga etib kelishmadi. Natijada “Zomin”ga texnik g‘alaba, “Lochin”ga esa texnik mag‘lubiyat yozildi.

 

Birinchi liga. 19-tur.

26 sentyabr, yakshanba

 

NEFTGAZMONTAJ – BUNYoDKOR-FARM – 1:3 (1:2)

Toshkent. “To‘qimachilik” stadioni.

Hakamlar: Jaloliddin Husniddinov, Hayrulla Normatov, Bexruz Berdibekov

Nazoratchi: Mo‘minjon Majidov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Javohir Temirov, 1 (1:0), Bobur Yorbekov, 18 (1:1), Sanjar Rixsiboev, 29 (1:2), Shaxboz Tojiev, 90+1-o‘z darv. (1:3)

Ogohlantirishlar: Xislat Umarov, 87 – Aleksandr Zevadinov, 73, Aram Markaryan, 90+3, Malikshox Rasulov, 90+3.

 

ZOMIN – LOChIN - +:-

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb