21 yoshlilar chempionatining 20-tur o‘yinlari boshlandi. Birinchi kungi bahslarda to‘rt jamoa ishtirok etdi. Qo‘qonga safar uyushtirgan “Andijon” birinchi bo‘limning o‘zida darvozasidan ikkita gol o‘tkazib yubordi va shu gollar mag‘lubiyatga uchrashiga etarli bo‘ldi. O‘z maydonida “Turon”ni qabul qilgan “Paxtakor” ham uch ochko “ishlab oldi”. Raqiblar darvozasiga kiritilgan beshta gollarning bari Abbosga tegishli bo‘ldi. Faqat bir golga Abbos Fayzullaev, qolganiga esa Abbos Ergashboev mualliflik qildi.
U-21. 20-tur.
24 sentyabr, juma
QO‘QON-1912 – ANDIJON – 2:0 (2:0)
Qo‘qon. BO‘SM-2 maydoni. 195 tomoshabinyu
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Shohruh A’zamov, Shohruh Shokirov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Bekzod Aripov
Gollar: Azimjon Mamatqulov, 15-pen. (1:0), Asadbek Qurbonov, 45 (2:0)
Ogohlantirishlar: Izzatali Ahmadjonov, 1, Islomjon Abdullaev, 54 – Mardon Abdullaev, 54, Abdulatif Oybekov, 78.
PAXTAKOR – TURON – 5:1 (2:0)
Qibray. “Qibray stadioni. 25 tomoshabin.
Hakamlar: Lochinbek Dolimov, Amir Galeev, Saidaxror Saidaxmatov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Abbosbek Fayzullaev, 2 (1:0), Abbos Ergashboev, 20 (2:0), Abbos Ergashboev, 66 (3:0), Asilbek Qayumov, 67 (3:1), Abbos Ergashboev, 80 (4:1), Abbos Ergashboev, 84 (5:1)
Ogohlantirishlar: Abdulloh Abdulazizov, 63, Rian Islamov, 85 – Muhammadxayit Qo‘ldoshev, 35, Saidumarxon Sodiqov, 57.