Birinchi liganing 18-tur o‘yinlari boshlandi. Bugunga belgilangan dastlabki uchrashuvda “G‘ijduvon” Toshkentga safar uyushtirdi. “Chig‘atoy” bilan kechgan o‘yinda g‘ijduvonliklar maydon egalarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Birinchi liga. 18-tur
18 sentyabr, shanba
ChIG‘ATOY – G‘IJDUVON – 0:4 (0:3)
Toshkent. “Chig‘atoy” maydoni.
Hakamlar: Sanjar Nazarov, Ziyovuddin Erkinov, Sardor Mirodilov
Nazoratchi: Ro‘zim Davlatmurodov
Komissar: Rustam Zuparov
Gollar: Akbar Murodov, 5 (0:1), Nurali Padarov, 41 (0:2), Maxsudjon Mahmudov, 45+1 (0:3), Islom Boysariev, 59 (0:4)
Ogohlantirishlar: Mustafo Abdumannopov, 45 – Song Longji, 51, Maxsudjon Mahmudov, 87.