
Qizlar o‘rtasidagi 16 yoshlilar musobaqasida 10-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Xayratlanarlisi “Turon”ga qarshi o‘yinga “Navbahor” jamoasi etti nafar tarkibi bilan bordi va maydonda zaxira uyoqda tursin, aynan etti kishi bo‘lib harakat qilishdi. Namanganliklar o‘tgan turda o‘z maydonida “Andijon”ga qarshi o‘n kishi bo‘lib to‘p surishgandi, bu safar esa son jihatdan yana kamayishdi. Maydonda kamchilikka qarshi kurashgan yaypanliklar ortiqcha qiyinchiliklarsiz g‘alaba qozonishdi va 17 ochko bilan guruhda peshqadam “Andijon”ga etib olishdi. “Andijon” esa o‘z maydonida qo‘qonliklarga yutqazishib, turnir jadvalida bir ochkolik farq bilan yaqinlashib olishlariga imkoniyat yaratib berishdi. “Sevinch” guruhda mag‘lubiyatlarsiz yurishini davom ettirdi va guruh g‘olibligini qo‘lga kiritib bo‘ldi. Ikkinchi o‘ringa “Nasaf” va “Sho‘rtan” jamoalari kurash olib boryapti. Ularning oralaridagi farq ikki ochkoni tashkil etyapti.
Ayollar futboli. U-16.
10-tur. 12 sentyabr
TURON – NAVBAHOR – 3:1 (3:0)
Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni zaxira maydoni.
Hakamlar: Shaxboz Vahobjonov, Shohruh Shokirov, Maqsad Esonjonov
Nazoratchi: Jamoliddin Tojiboev
Komissar: Ravshan Mirzakarimov
Gollar: Ulyana Zanina (14), Sarvinoz Xoshimova (21, 23) – Navbahor To‘xtaboeva (54)
Ogohlantirish: Yo‘q -yo‘q.
ANDIJON – QO‘QON-1912 – 1:2 (0:0)
Xo‘jaobod. BO‘SM maydoni.
Hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Oyatillo Hakimov, Farruh Bekmurodov
Nazoratchi: Muzaffar Mamedov
Komissar: Azizbek Isamutdinov
Gollar: Oydin Abdurazzoqov (55) – Gulnoza Hamidova (38, 50)
Ogohlantirish: Yo‘q -yo‘q.
MASh’AL -ShO‘RTAN – 0:0
Muborak. B.Vafoev nomli stadion kichik maydoni.
Hakamlar: Husnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova
Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov
Komissar: Elbek Jo‘raev
Ogohlantirish: E’zoza Sevinova (90+2) – yo‘q.
SEVINCh – SURXON – 12:0 (5:0)
Qarshi. “Mehnatchi” stadioni.
Hakamlar: Izzat Usmonov, Firdavs Sherqulov, Marjona Rahmatqulova
Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov
Komissar: Elbek Jo‘raev
Gollar: Mehribon Egamberdieva (3, 8, 22, 31, 34, 49, 50), Kseniya Buntina (6, 39), Zarina Norboeva (10), E’tibor Shodieva (32), Sevinch Egamberdieva (47)
Amalga oshirilmagan penalti: Sevinch Majidova (41, “Sevinch”)
Ogohlantirishlar: Yo‘q - yo‘q.