
16 yoshli qizlar o‘rtasidagi birinchilikning 6-turidan qoldirilgan o‘yini o‘tkazildi. O‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qilgan “Xorazm” yagona gol evaziga raqiblarini mag‘lub etishdi va 11 ochko to‘plagan holda guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin 14 ochkoga ega bo‘lgan “Aral Samali”ga nasib etdi.
6-turnin qoldirilgan o‘yini
XORAZM – QIZILQUM – 1:0 (0:0)
Urganch. “Yoshlik” sport majmuasi.
Hakamlar: Muhammadali Baxtiyorov, Nilufar Gaibnazarova, Bog‘ibek Tursunboev
Nazoratchi: Ilhom Yoqubov
Komissar: Sanjar Zaripov
Gol: Umida Kenjaeva (48-pen.)
Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.