21 yoshlilar chempionatining 17-tur doirasidagi uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rnini saqlab qoldi. Namanganga safar uyushtirgan AGMK esa mezbonlarni mag‘lubiyatga uchratgan holda yakka peshqadamlik mavqeini yanada mustahkamladi. Vaholanki, maydon egalari birinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra hisobda oldinda borishayotgandi. Chempionatning amaldagi chempioni “Metallurg”ni bu mavsumda hech “ishi yurishmayotgandi”. Jamoa o‘n bir turdan keyin nihoyat, zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Mezbonlarning o‘yinning qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqalarida kiritgan goli jamoaning “autsayderlik” maqomini tark etishga xizmat qildi.
U-21. 17-tur.
9 sentyabr, payshanba
BUNYoDKOR – QO‘QON-1912 – 3:0 (0:0)
Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi.
Hakamlar: Sanjar Nazarov, Odil O‘rolov, Temur Jabborov
Nazoratchi: Temur Abdullaev
Komissar: Sherzod Rajabov
Gollar: Azizbek Pirmuhammedov, 70 (1:0), Umidbek Sultonov, 85 (2:0), Sudaysi Jo‘raboev, 90+1 (3:0)
Ogohlantirishlar: Azizbek Pirmuhammedov, 39, Sudaysi Jo‘raboev, 61 – Akbarjon Adhamov, 83.
NAVBAHOR – AGMK – 1:2 (1:0)
Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni.
Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Islomjon Nosirov, A’zamjon Mahmudjonov
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
Komissar: Laziz Qo‘chqorov
Gollar: Shohruh Maxmudxojiev, 45+1 (1:0), Jasurbek Umarov, 68, Sanjar Jumaboev, 75
Ogohlantirishlar: Dostonbek Abdulxaev, 29, Asadbek Lutfullaev, 79 – Nodirbek Abduxoliqov, 40, Iskandar Businov, 49, Jasurbek Umarov, 90+4.
METALLURG – PAXTAKOR – 2:1 (1:1)
Bekobod. “Metallurg” stadioni.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Artem Snetkov, Ilhom Abdulakov
Nazoratchi: Ravil Shayaxmetov
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gollar: Farruhbek Xojibekov, 15 (1:0), Abbosbek Fayzullaev, 23 (1:1), Abdulvosid Vosidjonov, 90+2 (2:1)
Amalga oshirilmagan penalti: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 77 (“Paxtakor”)
Ogohlantirishlar: Salohiddin Ergashev, 24, Farruhbek Xojibekov, 28, Bahrom Umarov, 30 (murabbiy), Akbar Abdirasulov, 33, Shahzodjon Ne’matjonov, 63 – Diyorbek Ortiqboev, 63.
Chetlatish: Akbar Abdirasulov, 76 (ikkinchi sariq, “Metallurg”).