Birinchi liganing 15-turdan qoldirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida Mustaqillik tantanalari nishonlanishi munosabati bilan qoldirilgan o‘yin taqvimda belgilanganidek Jizzaxda emas, balki Chirchiqda – “Lochin” maydonida tashkil etildi. Sababi ayon, chirchiqliklar o‘yinni o‘tkazish uchun 29 avgustda Jizzaxga tashrif buyurishgan, biroq maydon masalasi hal bo‘lmagani uchun jamoalar kelishib uchrashuvni boshqa muddatga qoldirishdi, faqat bu gal “Lochin” mehmon sifatida raqiblarini o‘z uylarida qabul qiladigan bo‘lgandi. “Jizzxa-Bars”ga esa mehmon yoki mezbonlikning, hatto natijaning ham farqi qolmagandek – uyida ham, safarda ham mag‘lubiyatlardan “boshi chiqmay” qoldi.
Birinchi liga. 15 -turning qoldirilgan o‘yini
8 sentyabr,chor shanba
JIZZAX-BARS – LOChIN – 1:5 (1:3)
Chirchiq. O‘zDJTSU stadioni.
Hakamlar: Komiljon Rasulov, Azizbek Isoqov, Boburbek Ibrohimov
Nazoratchi: Mo‘minjon Majidov
Komissar: Vladimir Nazarov
Gollar: Jahongir Safarov, 5 (1:0), Boboxon Ravshanov, 17 (1:1), Mirzoir Mirqosimov, 20 (1:2), Boborxon Ravshanov, 38 (1:3), Dilshod Fayziev, 47 (1:4), Mirzoir Mirqosimov, 59 (1:5)
Ogohlantirishlar: Anvar Narziqulov, 48, Javohir Xayrullaev, 56 - Amir Fayziev, 45.