U-21. “Mash’al”da kuchli uchlikka intilish bor, “Andijon” ham shunga “intilyapti”, faqat quyidan

21 yoshlilar chempionatiga start berildi. Bugunga belgilangan yagona uchrashuvda “Mash’al” o‘z uyida “Andijon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Bu bilan muborakliklar kuchli uchlikka ancha yaqinlashib qoldi, garchi ayni paytda beshinchi o‘rinni band etib turishsada, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar bilan farq bor-yo‘g‘i bir ochkoni tashkil etyapti. “Andijon” ham “kuchli” uchlikning birinchi pog‘onasidan joy olib turibdi. Faqat yuqoridan emas, aksincha, pastdan. Yuqoriga ko‘tarilishning imkoni ham yo‘q, oradagi farq ettita, ammo pastdagilar ancha yaqin – autsayder “Metallurg” bilan bor-yo‘g‘i ikki ochko farq bor. Vaholanki, “Metallurg” mazkur ligada amaldagi chempion hisoblanadi.

 

U-21. 17-tur.

8 sentyabr, chorshanba

 

MASh’AL – ANDIJON – 5:0 (3:0)

Muborak. “B.Vafoev” nomli stadion kichik maydoni.

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Daler Bozorov, Laziz Abduraupov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Abdumalik Norqobilov, 11 (1:0), Ruslan Xojiev, 35 (2:0), Abdumalik Norqobilov, 45+1 (3:0), Asadbek Jo‘raqulov, 48 (4:0), Xushnudbek Bozorov, 87 (5:0)

Ogohlantirishlar: Asliddin Rahimov, 89 – Muhammadali Jo‘raev, 33, Abdulatif Oybekov, 45+1, Xojiakbar Mo‘minov, 45+1, Husanboy Tojiboev, 90+2.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb